Yana bir nemis mutaxassisi "Real"ga "YO'Q" dedi
04 iyu 2018 11:10
Yangiliklar
Yana bir nemis mutaxassisi "Real"ga "YO'Q" dedi
"Xoffenxaym" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real" taklifini rad etdi.
Zinedin Zidan jamoani tark etganidan so'ng, madridliklar 30 yoshli nemisni klubga taklif qilishdi, ammo Nagelsmann o'z agenti orqali rad javobini berdi.
Nagelsmann so'nggi mavsum Bundesligada uchinchi o'rinni egalladi va "Xoffenxaym"ni ketma-ket ikkinchi marta CHempionlar ligasiga olib chiqdi (bir yil oldin klub pley-offda "Liverpul"ga mag'lub bo'lgan).
Oldinroq, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Real"ni boshqarishni istamagan edi. Maurisio Pochettino bilan muzokaralar ham muvaffaqiyat bilan yakunlanmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar