Yana bir murabbiy "Bavariya"ga o'tish istagi yo'qligini aytdi
06 may 11:39
Yangiliklar
Yana bir murabbiy "Bavariya"ga o'tish istagi yo'qligini aytdi
Fevral oyi oxirida "Bavariya" Tomas Tuxel faqat mavsum oxirigacha murabbiy bo'lishini elon qildi. Yangi murabbiy izlashda "Bavariya" muvafaqqiyatsizlikka yuz tutmoqda. Xabi Alonso, Yulian Nagelsmann, Ralf Rangnik, Unai Emeri va Yoaxim Lyov Myunxenda ishlash imkoniyatidan foydalanishni xohlamadi. Roberto De Zerbi "Brayton"da qolish istagini ochiq bildirdi.
Bazi ommaviy axborot vositalari Rojer SHmidt nomzodi haqida bong ura boshladilar. 57 yoshli mutaxassis deyarli ikki yildan beri "Benfika"ni boshqarib kelmoqda. Bungacha u PSV va Leverkuzenning "Bayer" jamoalarida faoliyat yuritgan.
SHmidt Myunxenda ishlashdan manfaatdor emas. U buni katta qatiyat bilan takidladi:
"Men 2026 yilning yoziga qadar "Benfika"da qolishim aniq. Bu men xohlagan narsa. SHu bois yangi shartnoma imzoladim.
Men bozorda yo'qman. "Benfika"da ishim bor. Men bu erda kelgusi yillar uchun salohiyatni ko'rmoqdaman".
Germaniyalik murabbiy joriy mavsum "Benfika"ni Portugaliya chempioniga aylantira olmaydi. Uning jamoasi mahalliy ligani ikkinchi o'rinda yakunlaydi.
Fikrlar