Yana bir mashhur murabbiy Bavariyaning taklifini qabul qilmadi
06 may 08:37
Yangiliklar
Yana bir mashhur murabbiy Bavariyaning taklifini qabul qilmadi
Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Bavariyaning taklifini qabul qilmadi.
Bu haqida nemis jamoasining sport direktori Maks Eberl malum qildi.
«U biz bilan ishlash niyati yo'qligini ochiqchasiga malum qildi. SHundan so'ng uni bosh murabbiy postiga tayinlash borasida muzokaralar olib bormadik. Jamoamizga mos tushadigan murabbiy izlashda davom etamiz», — dedi direktor.
Malumot uchun, Yoaxim Lyov 2006-2021 yillar oralig'ida Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida nemislar 2014 yilda Jahon chempionligini qo'lga kiritishgan.
Fikrlar