So’nggi yangiliklar

22:54"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  65 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2

Yana bir jahon chempionati ishtirokchisi “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi Yangiliklar

Yana bir jahon chempionati ishtirokchisi “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi

“Lokomotiv” professional futbol klubi bir necha yildan buyon poytaxtimizdagi 23-sonli mehribonlik uyi bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.

O'zbekiston chempioni azolari tez-tez ushbu mehribonlik uyiga tashrif buyurib turishlari ko'pchilikka malum.

Ushbu mavsumdan boshab mazkur mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari “Lokomotiv” PFK nomidan Toshkent shahar havaskorlar ligasida ishtirok eta boshlagandi. Sekin-asta ajoyib iqtidorli yigitlarni kamolga etkazayotgan mazkur jamoa joriy yilning kuzidan boshlab futzal bo'yicha mamlakat chempionati 1-ligasida o'z ishtirokini boshlaydi.


Ayni paytda esa 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari shu yilning 10-18 may kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari o'rtasidagi Jahon chempionatiga hozirlik ko'rmoqda Jamoa har kuni mashg'ulot o'tkazmoqda. Hafta so'nggida esa shahar havaskorlar ligasida o'yinlarda maydonga chiqmoqda.

Takidlash joizki, mazkur jamoaning barcha azolari “Lokomotiv” PFK logotiplari tushirilgan ekipirovka hamda sport anjomlari bilan to'liq taminlangan. Bunda “Lokomotiv” PFKning rasmiy hamkorlaridan biri Elmakon kompaniyasi yaqindan ko'mak ko'rsatdi.


Kuni kecha “Lokomotiv” stadionida mazkur jamoa bilan uchrashuv o'tkazildi.  Unda “Lokomotiv” PFK bosh direkori o'rinbosari To'labek Akramov jamoaning barcha azolariga sport sumkalari topshirdi hamda Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan 23-sonli mehribonlik uyi jamoasiga mundialda omad tiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика