So’nggi yangiliklar

14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  0 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   16 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  18 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3

Yaman bilan to'rtinchi to'qnashuv Yangiliklar

Yaman bilan to'rtinchi to'qnashuv

17 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Yamanga qarshi o'yin o'tkazadi.

O'zbekiston va Yaman terma jamoalari shu kunga qadar uch bor rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishgan. Dastlabki ikki bahs ham JCH-1998 saralashi doirasida 1997 yil bo'lib o'tgan, so'nggi uchrashuv esa 2015 yil sentyabr oyida JCH-2018 saralashi doirasida tashkil etildi. 

1997 yilning 9 may kuni Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining tarixiy o'yinini o'tkazgan. Sana shahrida Yaman mehmoni bo'lgan O'zbekiston Jahon chempionatlari saralashi doirasidagi o'zining dastlabki o'yinini o'tkazgan edi. O'sha uchrashuvda hozirda "Paxtakor" murabbiyi bo'lib ishlayotgan No'mon Hasanovning penaltidan urgan goli evaziga vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchishgan. Birinchi bo'lim o'rtalarida Ilhom SHaripov qizil kartochka olgani ham etiborga molik.

Yaman - O'zbekiston 0:1
Gol: No'mon Hasanov 30 penalti
O'zbekiston: Pavel Bugalo, Fevzi Davletov, Rustam SHoymardonov, Andrey Fyodorov, Baxtiyor Qambaraliev, Abduqahhor Marufaliev (Muxtor Qurbonov, 46), Ilhom SHaripov, Nikolay SHirshov (SHuhrat Rahmonqulov, 65), No'mon Hasanov, Ravshan Bozorov, Oybek Usmonxo'jaev (SHuhrat Maqsudov, 82).
Ogohlantirishlar: Rustam SHoymardonov 50, Nikolay SHirshov 38.
CHetlatish: Ilhom SHaripov 34.

Yamanga qarshi ikkinchi o'yin 24 avgustda Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida 20000 tomoshabin guvohligida bo'lib o'tgan. Bu safar O'zbekiston raqibi ustidan yirik 5:1 hisobida ustun kelgan. Igor SHkvirin va Oleg SHackix ikkitadan gol urishgan bo'lsa, yana bir to'p Ravshan Bozorov hisobiga yozilgan.

O'zbekiston - Yaman 5:1
Gollar: Igor SHkvirin 6, 68, Oleg SHackix 61, 80, Ravshan Bozorov 67 - Omar Al Ariki 31.
O'zbekiston: Vladislav Filippov, Aleksandr Xvostunov, Rustam SHoymardonov, Eduard Mamotov (Jafar Irismetov, 80), Ruslan Uzoqov, Ilhom SHaripov (Oleg SHackix, 46), Toxir Madrahimov, Nikolay SHirshov, Aleksey Vinnikov, Igor SHkvirin, Rustam Do'rmonov (Ravshan Bozorov, 46).
Ogohlantirishlar: Nikolay SHirshov 14, Eduard Mamotov 43, Oleg SHackix 58.

Nihoyat bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'yin ikki oy oldin Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan. Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasiga Aleksandr Geynrixning urgan goli g'alaba keltirgandi - 1:0. 

O'zbekiston - Yaman 1:0
Gol: Aleksandr Geynrix 51, - 1:0.
O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Islom To'xtaxo'jaev, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Javohir Sohibov, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Eldor SHomurodov (Jasur Hasanov, 55), Server Jeparov (Aleksandr Geynrix, 46), Igor Sergeev (Sanjar Tursunov, 88).
Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov 45+3, Mudir Al Radei 51, Odil Ahmedov 90.
CHetlatish: Mudir Al Radei 87 (2SK)


Demak, O'zbekiston va Yaman o'rtasidagi to'qnashuvlarda vakillarimizning natijalari ajoyib: 3ta o'yin 3ta g'alaba, to'plar nisbati - 7:1. Eslatib o'tamiz, Yaman - O'zbekiston uchrashuvi 17 noyabr kuni Qatar poytaxti Doxa shahridagi "Grand Xamad" stadionida bo'lib o'tadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика