"Yamal Messidan yaxshiroq". "Barselona" sobiq futbolchisi hayratlanarli bayonot bilan chiqdi
02 may 12:12
Yangiliklar
"Yamal Messidan yaxshiroq". "Barselona" sobiq futbolchisi hayratlanarli bayonot bilan chiqdi
Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Barselona" – "Inter" (3:3) o'yinidan so'ng de Bur dadil bayonot berdi va bu qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda.

"Yamal bu yoshda Messidan kuchliroq. Messi 21 yoshida o'ynay boshlagan, shuning uchun hozir bu yoshda u 16, 17, 18 yoshda bo'lgan Messidan kuchliroq va yaxshiroq.
Men uchun yagona farq – bu izchillik. Messi jamoada 10, 12, 13 yil aql bovar qilmas darajada o'ynadi. U buni uddalay oladimi? U formasini saqlab qololadimi?", – dedi de Bur.
"Inter"ga qarshi o'yin Yamal uchun "Barselona" tarkibidagi 100-si bo'ldi. Bu vaqt ichida u 22 ta gol urdi va 32 ta golli pas uzatdi. Bu yoshda Lionel Messi bor-yo'g'i 9 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Yamalning yoshida Messi va Ronalduning statistikasi qanday edi?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar