So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  50 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  15 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0

Yahyo Gulmuhammadi: "Keyingi bosqichga chiqqanimizdan mamnunman" Yangiliklar

Yahyo Gulmuhammadi: "Keyingi bosqichga chiqqanimizdan mamnunman"

OCHL 1/4 finalida "Paxtakor" Eronning "Persepolis" klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib musobaqani tark etdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida forslar murabbiyi Yahyo Gulmuhammadi ishtirok etdi. 

- Kecha bizni qiziq va shu bilan birga qiyin to'qnashuv kutib turganini aytgandim. O'ylaymanki, bugun taktik kurashlarga boy futbol guvohi bo'ldik. Jamoamning ishtirokidan va keyingi bosqichga chiqqanimizdan mamnunman. O'yinning aksar qismini ko'pchilik bo'lib o'tkazdik, bu ham bizga qo'l keldi. SHunga qaramay oson g'alabani qo'lga kiritdik deya olmayman. Maydonda kurashgan barcha futbolchilarga rahmat aytaman. Ushbu yutuq bilan "Persepolis" muxlislarini tabriklayman. Bemalol bugungi yutuq jamoamiz ishqibozlariniki deya olaman. 


- "Persepolis" Dohaga kelganidan beri to'rtta o'yinda gol o'tkazmadi. Buning asosiy siri nimada deb bilasiz? 

- Bu ham o'z navbatida tartibli o'yin namoyish etayotganimizni anglatadi. To'rtta uchrashuvda gol o'tkazmaganimiz faqat darvozabon yoki himoyachilar tufayli emas, balki butun jamoa bo'lib shunga harakat qilayotganimizda. Eng avvalo himoyada o'yinni to'g'ri yo'lga qo'yib olsak, hujumda albatta vaziyat bo'ladi. 


- Keyingi bosqichdagi raqib "Al Nassr" haqida fikringiz?

- "Al Nassr" juda kuchli jamoa. Ularning o'yinini ko'rgan borki maqtaydi. CHorak finaldan o'tib oldik va buyog'iga navbatdagi bellashuv haqida bosh qotiramiz. Muhimi, ishtiyoqni oxirigacha saqlab qolish. Yarim final bahsi yanada qiyin bo'ladi. SHunga qaramay bor kuchimizni ishga solamiz.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика