So’nggi yangiliklar

21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  0 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  0 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  9 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  0 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  21 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  12 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   15

Xurshid Xodjaev: “Jarohatdan to'liq forig' bo'ldim” Yangiliklar

Xurshid Xodjaev: “Jarohatdan to'liq forig' bo'ldim”

Teglar :  Xurshid XodjaevAGMK
O'tgan yili AGMK sharafini himoya qilgan Xurshid Xodjaev quruq seriyasi bilan

ko'pchilikni etiborini tortayotgandi. Darvozabon 11ta o'yinda atiga 2ta to'p o'tkazib, birinchi davrada eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan posbonga aylangandi. Ammo keyinchalik kutilmaganda jaroxatga yo'liqishi, Xodjaevni “o'yindan tashqari xolat”ga tushirib qo'ydi. Malum muddat davolanib yana safga qaytgan Xurshid Xodjaev ayni damda olmaliqliklarning xorijdagi yig'inida ishtirok etmoqda.  

- Xurshid aka, jamoangizning Turkiyadagi yig'ini qay tarzda o'tmoqda?
- 4 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga etib keldik. Ertasidan mashg'ulotlarga kirishdik. Murabbiylar ko'proq etiborni ushbu xorij yig'ini chog'ida jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirish va taktik sxemalar ustida ishlashga qaratilishini takidlab o'tdi. Tabiiyki mashg'ulotlar kuni ikki mahaldan, ertalab va tushlikdan so'ng reja asosida o'tkazilmoqda.

- O'tkan mavsum jaroxat sabab safdan chiqqandingiz. Ayni damda o'zingizni qanday xis qilyapsiz? Qiyinchiliklar ortda qoldimi?
- Afsuski o'tkan yili kutilmaganda jaroxatga yo'liqdim. SHundan so'ng shifokorlar maslahatiga quloq solgan xolda, malum muddat davolandim. Jaroxatlardan to'liq forig' bo'ldim. Faqat ozgina qo'rquvni engib o'tsam bo'lgani. Mashg'ulotlarga qo'shildim va avvalgi sport formamga kirib borish uchun astoydil ishlayapman. Umid qilamanki, mavsum startiga qadar hammasi men uchun ko'ngildagidek kechadi.  

- Viktor Kumikov bilan o'tgan yili ilk bor ishladingiz. Rossiyalik mutaxassis xaqida fikringiz qanday?
- Albatta Viktor Balyutovich haqida taassurotlarim ijobiy. Rossiyalik murabbiy o'z ishining ustasi. Juda ko'p mexnat qiladi. Erinmasdan kichkina bir detallargacha o'rganib chiqadi. Futbolchilarga har bir vaziyatni to'liq tushuntirishga xarakat qiladi. O'ylaymanki jamoamiz Kumikov boshchiligida bu yil yuqori o'rinlardan birini egallaydi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика