So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Xurshid G'iyosov: “Mirjalol Qosimovni qattiqqo'l murabbiy deb hisoblayman“ Yangiliklar

Xurshid G'iyosov: “Mirjalol Qosimovni qattiqqo'l murabbiy deb hisoblayman“

Kecha AGMK jamoasi Kaspiy jamoasini (2:0) hisobida mag'lub etdi.

Har ikki golga jamoaning yangi futbolchisi Xurshid G'iyosov mualliflik qildi. O'yindan so'ng futbolchi «Championat.asia» saytiga o'yin haqida qisqacha intervyu berdi.

«Avvalambor, assalomu alaykum barcha championat.asia o'quvchilariga. Hozirgi paytda yangi mavsumga tayyorgarlik davom etmoqda. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borilmoqda. Har doim bunday o'yinlar qiyin bo'ladi. O'yin yaxshi bo'ldi deb o'ylayman va bugun 2-0 hisobida g'alaba qozondik», - dedi Xurshid G'iyosov.


Bugungi o'yinda siz ikkita golga mualliflik qildingiz. Ikkinchi golni esa burchak zarbasidan to'g'ri darvozani ishg'ol qildingiz.

- Gollarim jamoaning gollari deb hisoblayman. Oxirgi vaziyatda oyog'imni to'pga qo'ydim va gol urdim. Bu gollar jamoaviy deb atasak bo'ladi.

Jamoaga qo'shilib ketish qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Yo'q aslo! Jamoaga kirishib ketishim juda yaxshi bo'ldi. Bu erdagilarni ko'pini taniyman. Ular yaxshi qabul qilishdi, ichki muhit ajoyib.

Biz Mirjalol Qosimovni qattiqqo'l murabbiy deb bilamiz. Bu o'yinchilarga qulaylik tug'diradimi yoki yo'q?

- Mirjalol Qosimovni qattiqqo'l murabbiy deb hisoblayman. Bu juda yaxshi deb o'ylayman. Menimcha, bu bizga umuman noqulaylik tug'dirmaydi. 



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика