Maradonaning qo'li bilan kiritilgan to'p aukcionga qo'yiladi
14 okt 2022 19:38
Yangiliklar
Maradonaning qo'li bilan kiritilgan to'p aukcionga qo'yiladi
Diego Maradona futbol tarixidagi eng mashhur gollardan ikkitasini urish uchun foydalanilgan to'p kimoshdi savdosiga qo'yiladi.
1986 yilgi jahon chempionatining chorak finalida Angliya va Argentina o'rtasidagi bahsda foydalanilgan to'pning taxminiy bahosi 2,5 million funtdan 3 million funtgacha baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'sha o'yinda Argentina inglizlarni 2:1 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l olgandi. Dastlabki golni qo'l bilan urgan Maradona, ikkinchisida dribling evaziga 4-5 raqibni ortda qoldirib, raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.
SHu bilan birga, Maradona birinchi golni shunday izohlagandi: "Bu mening emas, Xudoning qo'llari".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar