Xuan Mata: "Pogba MYUda baxtli deb o'ylayman"
22 iyu 2019 14:33
Yangiliklar
Xuan Mata: "Pogba MYUda baxtli deb o'ylayman"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata Pol Pogbaning "Real" o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"U MYUda baxtli deb o'ylayman. Pogba doimo yaxshi kayfiyatda va optimistik ruhda. U biz bilan qolishini xohlardim. Ammo, barchasi unga va klubning poziciyasiga bog'liq", - deydi Mata.
31 yoshli Mata 2018/19 yilgi mavsum barcha turnirlarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assistga erishgan.
MYU xavbeki Xuan Mataga ikki turk klubidan takliflar bor. Bular Istanbulning "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" klublaridir.
Eslatib o'tamiz, Pogba "Manchester Yunayted"da 2016 yildan buyon harakat qilib kelmoqda.
Fikrlar