Xuan Beserra: "Hozircha "G'ijduvon"daman. CHunki..."
10 dek 2021 17:56
Yangiliklar
Xuan Beserra: "Hozircha "G'ijduvon"daman. CHunki..."
Mana shu futbolchi hozirda qaerda faoliyat olib borayotgani bilan qiziqib bog'landik.
- Xuan siz bilan suhbatlashganimizdan so'ng faoliyatinggizda qanday o'zgarishlar bo'ldi ?
- "Oq-tepa" klubi tarqalgandan so'ng men mavsumning ikkinchi yarimini Birinchi liga vakili "G'ijduvon" da o'tkazdim. Bu jamoa bilan ligada ikkinchi o'rinni egallab Pro ligaga yullanma oldik. Hozir esa bo'sh vaqtdan unumli foydalanib Toshkentda xordiq chiqarayapman.
- Zamonaviy shahar Toshkentdan, ko'hna shaxar Buxoroga ko'nikish qiyin bo'lmadimi?
- Albatta biroz qiyin bo'ldi. Ammo jamoa meni yaxshi qabul qilib oldi. Jamoa va murrabiylar shtabi meni ko'nikishimga yordam berdi.
- Oxirgi marotaba gaplashganimizda sizga Superliga jamoalaridan qiziqishlar bo'layotganini aytgan edingiz. Hozir sizda yangi chorlovlar bormi?
- Hozircha takliflar yo'q.
- Kelajakdagi rejalaringiz qanday?
- Ayni pallada klubda qolaman. CHunki yana bir yillik shartnomam bor. Ammo qiziq takliflar bo'lsa, ko'rib chiqishga tayorman.
Uchqunbek yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar