So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Xotira muqaddas, qadr abadiy! Yangiliklar

Xotira muqaddas, qadr abadiy!

Teglar :  Amriddin Saydaliev
Xotira va qadrlash tushunchalari chuqur manoga ega.

Xalqimizda inson xotirasi bilan tirik, qadri bilan ulug'dir, degan gaplar bejizga aytilmaydi. O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, ezozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan, milliy qadriyatlarimizdan biriga aylangan. Bugun, oramizdan bevaqt ketgan ajoyib inson, o'z kasbiga sadoqatli, har vaqt el-yurt koriga labbay deya javob bergan, o'zbek futboli rivojiga salmoqli hissa qo'shgan, hamyurtlari orasida katta hurmat va etiborga loyiq bo'lgan Amriddin Saydaliev hayot bo'lganida 55 yoshni qarshi olgan bo'lardi.

Amriddin aka Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “Qoratepa” qishlog'ida tug'ilib o'sdi. Barcha bolalar kabi u ham yoshlik chog'laridan millionlar o'yini bo'lmish futbol olamiga kirib keldi va keyingi taqdirini shu sohaga bag'ishladi. O'z vaqtida katta futbolda havaskor va professional jamoalarda to'p surdi. Futbol sir-asrorlarini mukammal o'zlashtirgach, keyingi faoliyatini hakamlik sohasida davom ettirdi. Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati Oliy va birinchi ligalarida, shuningdek mamlakat Kubogi bahlarida muntazam ravishda uchrashuvlarni boshqarishda ishtirok etdi. SHu bilan birga nafaqat Qashqadaryo viloyati miqyosidagi, balki Respublika darajasidagi barcha futbol tadbirlarida faol qatnashdi. Hayotining so'nggi yillarida o'zi tug'ilib o'sgan Kasbi tumani futbolini, ayniqsa bolalar va o'smirlar yo'nalishini rivojlantirish yo'lida mehnat qilishga bag'ishlagan edi.

Bugun uning xotirasi oila azolari, yaqinlari, shogirdlari va hamkasblari yodida. Uning ruhiga tilovatlar qilinadi. Zero yaxshi insonlar xotirasi qalblarda mangu yashaydi. O'tganlarning oxirati obod bo'lsin!

Kuni kecha esa Amriddin Saydalievning tug'ilib o'sgan Kasbi tumanidagi “Qoratepa” qishlog'ida uning farzandi Nuriddin Saydaliev hamda ko'plab shogirdlari nomidan Jamol Otaqulovlar tashabbusi bilan to'qqizta havoskor jamoalar o'rtasida xotira turniri o'tkazildi. Unda “Qoratepa”, “Qoratepa-2”, “Novqat”, “Talishbe”, “Navbahor”, “SHakarjo'y” va “Komilon” jamoalari g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa yakunida “Qoratepa” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. “SHakarjo'y” va “Novqat” jamoalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinlar sohibi bo'lishdi.
“Amriddin Saydaliev” xotira turniri final bosqich o'yinlarining natijalari:

Uchinchi va to'rtinchi o'rinlar uchun
“Novqat” - “Qoratepa-2” - 3:0.
Final
“Qoratepa” - “SHakarjo'y” - 3:1



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика