So’nggi yangiliklar

16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  1 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  5 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  9 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  2 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1

Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqida gapirdi Yangiliklar

Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqida gapirdi

"SHaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola Husanovning vaziyati haqidagi savolga javob berdi.

"Bilasizmi, markaziy himoyachilar uchrashuvlar davomida qancha xato qiladi? Abduqodir bu borada birinchisi ham emas, oxirgisi ham. "Arsenal"ga qarshi bahs buni ko'rsatib berdi. Abduqodirni yoki boshqa biror futbolchini konkret bir xatosi uchun ayblash niyatida emasman. Nazarimda, bu holatda o'zimda ayb ko'proq, sababi mening jamoamda shunday xatolar kuzatilmoqda. Himoyachilar esa shunchaki ishlashda davom etishi va o'z o'yinini kuchaytirishi zarur", – dedi Gvardiola.

Mutaxassis hamyurtimizni OAV orqali ham, alohida suhbatda ham ayblamaganini takidlab, jamoaga endi kirishayotgan futbolchilarga vaqt kerakligiga urg'u berdi.

"Tan olaylik – uni qo'llab-quvvatlashimiz zarur. Bilasizmi, men Husanov bo'lsam, yangi mamlakatdagi debyutim, butkul boshqa tilda gaplashadigan yangi jamoa, Premer-ligadagi men uchun dastlabki davrda yordam berishlarini, qo'llab-quvvatlashlarini istagan bo'lardim. Hozir Xusanovda hech qanday muammo yo'q, u mashg'ulotda astoydil mehnat qilmoqda. U sovuqqon va o'ta diqqatli yigit", – dedi Gvardiola.


Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика