So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Xosep Gvardiola ECHLdagi ispan klublari haqida: "Bu sharmandagarchilik emas. Ular 20-25 yil Evropada hukmronlik qilishdi" Yangiliklar

Xosep Gvardiola ECHLdagi ispan klublari haqida: "Bu sharmandagarchilik emas. Ular 20-25 yil Evropada hukmronlik qilishdi"

Pep Gvardiola Ispaniya klublarining CHempionlar Ligasidagi ishtiroki haqida gapirib o'tdi.

CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga La Ligadan faqatgina "Real" yo'llanmani qo'lga kirita oldi. "Barselona" va "Sevilya" o'z guruhlarida uchinchi o'rinni band etishdi – bahor bu klublar Evropa Ligasida kurashni davom ettiradi. "Atletiko" esa "Bryugge", "Portu" va "Bayer" bor guruhda oxirgi o'rinni egalladi. 

"Oxirgi 20-25 yil ispan klublari Evropada dominantlik qilishdi. "Barselona", "Real", "Atletiko", "Sevilya", "Valensiya" o'z vaqtida shu erda bo'lishgan. Bu yil ularning bazilari pley-offga chiqa olmadi... Bu futbol.

Bu sharmandali natija emas. Ular harakat qilishdi, ammo kurashdan chiqishdi. Ishoning, keyingi yil ular yanada kuchli bo'lib qaytishadi.

CHempionlar Ligasi – o'ta murakka musobaqa. Biz doim shu haqida gapiramiz. So'nggi yillarda biz muntazam ravishda pley-off yo'llanmasiga ega chiqyapmiz, lekin buni oddiy, oson ishdek qabul qilmang. Klub statusi bu turnirda hech nima qilib bermaydi.

CHempionlar Ligasi qisqa vaqtli muddatda ko'p narsani talab qiladi. Agar bir yoki ikkita xatoga yo'l qo'ysangiz, barchasi so'nggi turda hal bo'ladi. Bu esa aynan siz musobaqani tark etishingiz ham mumkin degani. SHunday vaziyatda "Barsa", "Yuventus" yoki "Atletiko"ni kuchsiz jamoa desa bo'ldimi? Aslo yo'q!

ECHL chinakamiga o'ziga xos, murakkab musobaqa. SHunday qarorlar borki, ularni siz nazorat qila olmaysiz, sizga umuman bog'liq bo'lmagan harakatlar mavjud", – dedi "Manchester Siti" ustozi "Sevilya" bilan o'yindan (3:1) keyin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика