Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo'lga kiritish"
15 apr 13:17
Yangiliklar
Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo'lga kiritish"
Bosh murabbiy Xose Venansio Lopes Osiyo Kubogi oldidan O'zbekiston futzal terma jamoasi oldiga qo'yilgan asosiy maqsadni aytib o'tdi.
"Osiyo Kubogi musobaqasida O'zbekiston terma jamoasidan eng yaxshi natijani kutyapman. Biz har bir musobaqa oldidan oldimizga eng yuqori maqsadlarni qo'yamiz, yani Osiyo chempionligini qo'lga kiritish, lekin asosiy vazifamiz oldingi natijamizni yaxshilashdan iborat. O'tgan Osiyo Kubogida O'zbekiston 3-o'rinni qo'lga kiritgan. Demak, birinchi navbatda, oldingi turnirdagi natijamizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Osiyo Kubogi 17 apreldan 28 aprelga qadar Tailand mezbonligida o'tadi. O'zbekiston "B" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya bilan kuch sinashadi. O'zbekistonning ilk uchrashuvi 17 aprel kuni Avstraliyaga qarshi kechadi.
Fikrlar