So’nggi yangiliklar

08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   0 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  1 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  3 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  3 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  11 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  2 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0

Xose Venansio Lopes: "Bizga barqarorlik etishmayapti. Ushbu muammoga imkon qadar tezroq echim topishimiz kerak" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Bizga barqarorlik etishmayapti. Ushbu muammoga imkon qadar tezroq echim topishimiz kerak"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Gvatemala ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (7:4) matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Birinchi bo'limda juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, ayniqsa to'pni yo'qotdik. Birinchi bo'limda o'tkazib yuborgan gollarimizning barchasi o'z xatolarimizdan so'ng urildi. Hujumni qurishda ham biroz qiynaldik.

- Musobaqa davomida o'tkazilgan qaysi uchrashuvdan ko'nglingiz to'lmadi?

- Barcha uchrashuvlar meni qoniqtirdi, ammo Qirg'izistonga qarshi kechgan bahsning birinchi bo'limida o'yinimiz qovushmadi. Bugun ham birinchi bo'limda xatolarga yo'l qo'ydik.

- Turnir davomida terma jamoamizga barqarorlik etishmadi. O'yin 40 daqiqa davom etsa, biz to'liq o'yin bir xil tempda o'ynay olmadik. Bunga sabab nima va muammoni qanday hal etmoqchisiz?

- Fikringizga yuz foiz qo'shilaman. Barqaror o'yin namoyish eta olmayapmiz. Agar biz muammoning echimi topganimizda, allaqachon buni to'g'irlagan bo'lardik. Yagona to'g'ri qaror - ishlashda davom etish. O'yinchilarning charchog'i ham o'z so'zini aytmoqda va biz shu sababli ko'p rotaciyaga qo'l urmoqdamiz. Stabillik etishmayotgani tufayli o'yinimizda pasayishlar kuzatilmoqda. Biz buning echimini imkon qadar tezroq topishga harakat qilamiz.




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика