So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  208 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  4 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

Xose Mariya Mendez: "Maqsad – "Qayrat"ni yutish emas" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Maqsad – "Qayrat"ni yutish emas"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun va ertaga Qozog'istonning “Qayrat” klubi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez Olma-Otaga uchib ketishdan avval saytimizga intervyu berdi.

- Yig'inda asosiy etibor nimaga qaratilmoqda?
- Hozir bizning asosiy maqsadimiz va vazifamiz kelasi yilning fevral oyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati. Ana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'ryapmiz, ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga urinayapmiz. SHuning uchun ham natija bizni o'ylantirmayapti. Asosiysi o'yinimizni o'stirib borish.

- Ayrim mashqlarni o'yinchilar to'liq tushunib olishmayapti. Buning sababi nima?
- Yangi mashqlarni bajarayapmiz. Mashqlarning oson, o'rtacha va qiyin kabi darajalari bo'ladi. Mashqlarni “Qayrat” bilan o'yinlarda sinab ko'ramiz, maqsadimiz o'rtoqlik o'yinida yutib kelish emas, mashg'ulotlarda bajarayotgan narsalarni amalda sinab ko'rish.


- “Qayrat” UEFA kubogining amaldagi g'olibi hisoblanadi. Ushbu jamoa bilan o'yinlardan o'zimiz uchun nimalarni olishimiz mumkin?
- Bu ikkita o'yin biz uchun foyda. “Qayrat” Qozog'iston chempionatida raqiblarini osongina mag'lub etmoqda, UEFA kubogini yutish orqali bu klub tarixga kirdi.
Bunday jamoaga qarshi o'yinda futzalchilarimiz qaysidir manoda qiyinchilikka ko'nikishadi, chunki bu o'yinlarda to'p ko'proq raqibda bo'ladi. O'yin davomida xato qilmaslikka ko'nikishadi, chunki bunday jamoa xatoni kechirmaydi. Bundan tashqari, standart holatlarni amalda sinab olamiz, natija muhim bo'lmagani sabab turli xil uslublarni tekshirib ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Agar bu o'yinlarda g'alaba qozonsak (lekin bu juda qiyin bo'ladi), bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Agar yuta olmasak, fojia emas. Teoriyada ko'rib chiqqan vaziyatlarimizni amalda qo'llashga harakat qilamiz.

SHu tariqa, Osiyo chempionatiga qadar o'sib borishni maqsad qilganmiz.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика