So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Xorxe Da Silva: "Ertaga tarixni o'zgartirishga urinamiz" Yangiliklar

Xorxe Da Silva: "Ertaga tarixni o'zgartirishga urinamiz"

"Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvidan oldin mehmonlar murabbiyi bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"Ertaga qiziqarli o'yin kutib turibdi. "Bunyodkor"da guruhdan chiqish imkoniyati qolmagan, o'z muxlislari qarshisida bosimsiz o'ynaydi. Bu ularga ustunlik beradi. "Al Nasr" doim g'alaba uchun maydonga tushadi ertangi bahs ham bundan mustasno emas. G'alaba uchun kurashamiz", - deydi Da Silva.

Hussayin SHayyan: "Murabbiyning fikrlariga qo'shilaman. Ertaga g'alaba uchun o'ynaymiz".

- "Al Nasr" Toshkentga asosiy tarkib bilan kelganmi?
- Biz O'zbekistonga asosiy tarkib futbolchilari bilan keldik.

- "Bunyodkor"ga qarshi o'z maydoninglarda durang o'ynagan edinglar. O'sha o'yin haqida nima deya olasiz?

- O'sha uchrashuvda biz bir qator vaziyatlardan foydalana olmagandik. Ertaga vaziyatlardan foydalansak g'alaba qozonamiz.

- "Al Nasr" OCHLda o'z tarixida safardagi o'yinlarda umuman g'alaba qozona olmagan. Bu ertaga jamoaga bosim yuklamaydimi?

- OCHL nufuzli musobaqa, unda kuchli klublar o'ynaydi. Bu milliy chempionat emas. Ertaga tarixni o'zgartirishga urinamiz.

- "Bunyodkor" bu mavsum OCHLda eng yosh jamoalardan biri bo'ldi. Jamoaga guruhdan chiqa olmasligiga nima sabab bo'ldi deya olasiz?
- OCHLda har bir o'yin muhim. "Bunyodkor" o'z maydonida mag'lub bo'lgani uchun ham keyingi bosqichga chiqa olmadi deb o'ylayman.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика