So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  1 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  16

Xorazmlik yosh futbolchilarga ehtirom ko'rsatildi Yangiliklar

Xorazmlik yosh futbolchilarga ehtirom ko'rsatildi

Teglar :  Xorazm viloyati
Mubolag'a emas, Xorazm viloyatining 2004 yilda tug'ilgan yosh futbolchilaridan iborat terma jamoasi bir necha yildirki, mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallab kelishmoqda.

Zero, vohalik yoshlar 2015 yili Buxoro shahrida uyushtirilgan O'zbekiston chempionatida faxrli uchinchi o'rindan joy olishgan.

Oradan bir yil o'tib, Urganch shahrida tashkil etilgan musobaqada respublika chempionligini qo'lga kiritishdi. Albatta, joriy yil ham muvaffaqiyatdan mustasno bo'lmadi.
Nukus shahrida nihoyasiga etgan 2004 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston birinchiligida asosi Urganch shahridagi sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan Xorazm viloyati terma jamoasi bronza medali sohibiga aylandi.

Umuman, mazkur sport maktabidan 13 nafar, Urganch olimpiya zaxiralari kolleji maktab-internatidan 4 nafar, 5-son futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatdan 1 nafar tarbiyalanuvchi terma jamoa tarkibidan o'rin oldi.


O'z navbatida musobaqada uchinchi o'rinni egallab qaytgan viloyat terma jamoasi Urganchda munosib kutib olindi. SHu munosabat bilan viloyat markazidagi “Yoshlik” sport majmuasi o'yingohida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshan Atajonov, SO'EAIBO'SM direktori Jamoladdin Abdullaev va boshqalar so'zga chiqib, yosh “charm to'p” o'yini  ustalarini erishgan yutuqlari bilan qizg'in qutlashdi, ularning kelgusi faoliyati yanada yorqin bo'lishini tilashdi.

Ishonchimiz komilki, yosh futbolchilarga ko'rsatilayotgan bunday ehtirom, ularning manaviyatini boyitib, o'z ustida yanada jiddiy shug'ullanishga, buning barobarida, tajribali futbolchi bo'lib voyaga etishiga xizmat qilishi turgan gap.

Ikrom XUDOYBERGANOV

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика