So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  1 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  2 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

"Xorazm" ustozi Ruslan Ahmedov: "Hamma erda natija uchun vaqt cho'ziladi" Yangiliklar

"Xorazm" ustozi Ruslan Ahmedov: "Hamma erda natija uchun vaqt cho'ziladi"

"Qo'qon-1912" hamda "Xorazm" o'rtasidagi Pro liganing 8-turidan o'rin olgan bahsdan (0:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ruslan Ahmedov: "O'yin og'ir o'tdi, bahs oxirida omadimiz keldi. "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida gol o'tkazib yuborgandik, bugun ham shunday bo'ladi deb o'ylagandim, lekin yo'q. "Qo'qon-1912" g'alabaga loyiqroq edi, biz ikkinchi jamoa bo'lib o'ynadik. Qo'qonliklarga keyingi bahslarda omad tilayman.

- Futbolchilarga yotib olish haqida ko'rsatma berdingizmi yoki bu o'yinchilarning o'zidan chiqqan g'oyami?

- Doim shunday savollar bo'ladi. Yutayotganingizda o'zingizga shu savolni berib ko'ring. Bu harakatlar o'yin tempini buzish uchun qilinadi. Bazida uchrashuv oxirida futbolchilarning oyog'ining tomiri tortishib qoladi. Hamma erda natija uchun vaqt cho'ziladi, hatto Jahon chempionatida ham. Biz vaqtni cho'zinglar demaymiz. Bahs oxirida futbolchilar avtomatik bu rejimga o'tib ketadi. Menimcha, bu futboldagi normal holat.

- "Xorazm"da o'tgan yilgiga nisbatan pasayish bor.

- SHunday, chunki o'tgan yilgi jamoaning 80% yo'q. Yangi futbolchilarga vaqt kerak. Rokki Marchiano Dubay klubiga o'tdi, to'rt nafar futbolchimiz "Surxon"da. Xullas, 80% tarkib o'zgargan.

- Darvozabonning oxirgi harakatini qanday baholaysiz?

- Noto'g'ri qildi. Futbolchimiz hissiyotga berilib ketdi. Hakam qizil kartochka berganini kiyinish xonasiga kirganimda bildim.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика