So’nggi yangiliklar

14:42Шацких бош мураббий сифатида Рўзиқул Бердиев жамоасини ҳеч қачон ютолмаган  0 14:15"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида  2 13:49Суперлига. "Нефтчи" 10 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти   1 13:21Суперлига. "Динамо" Ғузорда аср ғалабасини қўлга киритди, кейинги турда катта имтиҳон  4 12:54"Барселона" "Камп Ноу"га қайтмоқда: клуб кузда янгиланган аренада ўйнаши мумкин  0 12:26Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 11:59Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида учинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0 11:37U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди  0 11:14"Насаф" янги легионери Шала "Андижон" билан ўйинда қатнашиши мумкин  8 10:50"Челси" яна бир футболчисини сотиб юборди  0 10:19Дарвин Нуньеснинг "Ал Ҳилол"даги маоши маълум  1 09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  6 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  8 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  9

Xolmurod Xolmurodov: “O'yin derbiga mos bo'ladi” Yangiliklar

Xolmurod Xolmurodov: “O'yin derbiga mos bo'ladi”

Teglar :  Xolmurod Xolmurodov
Bugun, G'uzorda bo'lib o'tadigan voha derbisi oldidan “Oq bo'rilar” jamoasi safida to'p surayotgan hujumkor yarim himoyachi Xolmurod Xolmurodov o'z fikrlarini quyidagicha bildirib o'tdi.
Eslatib o'tish joiz, ushbu futbolchi keyingi turlarda jarohati bois, maydonga tusha olmayapti. SHunday bo'lsa-da, u o'z jamoadoshlarining o'tkazayotgan har bir uchrashuvlariga befarq bo'lmayapti. Qolaversa, o'z vaqtida mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati finalida ishtirok etgan Xolmurod Xolmurodov “Mashal” sharafini ham himoya qilgan futbolchidir:

-   Bugun voha derbisida bir-biriga ro'baro' keladigan har ikki jamoa men uchun begona emas. “SHo'rtan” ham, “Mashal” ham yaxshi jamoalar sirasiga kiradi. Tarkib ham ko'ngildagidek shakllangan. G'uzorda ham, Muborakda ham istalgan jamoaga qarshi mazmunli, chiroyli va keskin kurashlarga boy o'yin namoyish eta oladigan tajribali, yosh g'ayratli futbolchilar guruhi jamlangan.

Ochig'ini aytganda, futboldagi derbilar har doim ushbu sport turidagi bahslarga o'zgacha keskinlik, shijoat baxsh etib kelgan.

SHu bois bugun muxlislar haqiqiy derbiga guvoh bo'lishadi.Bu “to'qnashuv”da qaysi jamoaning g'olib chiqishiga to'xtaladigan bo'lsak, bu sport va unda hamisha kuchlilar tantana qilishi kuzatilgan. SHaxsan men, bugun “Oq bo'rilar” yutishi kerak deb o'ylayman. Bunga yana bir omil shundaki, biz o'z uyimizda to'p suramiz. Futbolda esa “devorlar ham suyaydi”, degan naql bor. Bu bejizga aytilmaganku.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика