Xoland "Reynjers"ga qarshi Evropa Ligasi 1/16 final doirasidagi javob bahsini o'tkazib yuboradi
23 fev 2022 17:16
Yangiliklar
Xoland "Reynjers"ga qarshi Evropa Ligasi 1/16 final doirasidagi javob bahsini o'tkazib yuboradi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland "Reynjers"ga qarshi Evropa Ligasi 1/16 final javob bahsini o'tkazib yuboradi.
21 yoshli norvegiyalik futbolchi jamoa bilan Glazgoga uchmadi. Futbolchi jarohati sabab "Borussiya"ning so'nggi 4 o'yinini o'tkazib yubordi, ammo bir necha kun oldin umumiy guruhdagi mashulotlarga qaytdi.
Xoland 2021/22 yilgi mavsum "Borussiya" tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 6ta assist qayd etdi.
"Reynjers" - "Borussiya" o'yini ertaga bo'lib o'tadi. Ilk bahs shotland jamoasining 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar