So’nggi yangiliklar

14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  2 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  3 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  6 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  13 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11

“Xokim Kubogi”. Yarim final o'yinlari o'tkazildi Yangiliklar

“Xokim Kubogi”. Yarim final o'yinlari o'tkazildi

8 fevral kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadioni 2019 yilgi “Hokim Kubogi” bahslarining finalchilarini aniqlab beruvchi o'yinlarga mezbonlik qildi.

Kunning birinchi yarmida Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” jamoasi Samarqandning “SHerdor” jamoasi bilan raqobat olib bordi. Unda maydon egalari Hamidullo Abduhamidov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g'alabaga erishishdilar. Ikkinchi bo'limning 47-daqiqasida Abduhamidovga nisbatan jarima maydonchasi ichida qoida buzildi. Vaziyatga yaqin turgan hakam penalti belgiladi. Zarbani esa hujumchining o'zi amalga oshirdi va hisobni ochdi. 1:0.  Ushbu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi va “Neftchi” final yo'llanmasini rasman hal qildi.

Farg'onaliklar Samarqand jamoasiga qarshi o'yinda quyidagi tarkibni maydonga tushishdi:

Asosiy tarkib: 12.Muzaffar Abdullaev, 3.Mirjamol Nematov, 4.SHodiyor Xojimatov, 5.Davron Mamatov, 6.Jamshid Qobulov, 9.Xamidullo Abduxamidov, 11.Idris Bikmaykin, 20. Dilyor Irmatov, 21. Abdujalil Manazarov, 22. Islom Toshpo'latov, 44. Otabek Zokirov

Zaxira: 1. Xurshid Muxammadov, 7.Doston Abdurahmonov, 8. Ilxomjon Vaxobov, 10. Xurshid Asqaraliev, 15. Aziz Muxtorov,  23. Alisher Abduvoxidov, 26. Bobur Isroilov

Orada bir soat o'tib aynan ushbu stadionda ikkinchi yarim final o'yini boshlandi. Unda “Qo'qon-1912”ning asosiy tarkibi “Neftchi” U-18 bilan bellashdi. Aytish kerakki, shu kuni “Neftchi” U-18 safida bir qator tajribali va jamoa ko'rigida bo'lib turgan o'yinchilar ham maydonga tushishdi. O'yin qizg'in tus oldi. Ikkinchi finalchi masalasi o'yin so'nggiga qadar mavhumligicha qoldi. 79-daqiqa qo'qonliklarning legioner futbolchisi Nedo Turkovich standart vaziyatdan so'ng hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay SHaxboz Erkinov mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Yakuniy hisob 0:2. SHu tariqa, finalda “Neftchi” hamda “Qo'qon-1912” jamoalarining asosiy tarkiblari to'qnash kelishadi.

“Neftchi” U-18 qo'qonliklarga qarshi bahsda quyidagi ko'rinishdagi tarkibda o'ynadi

“Neftchi” (U-18): 21. Farrux Turdaliev, 3. SHohjahon Ro'zimatov, 10. Elamon Karimov, 19. Anvar Berdiev, 20. Siroj Hamroev, 23. Ilhom Ibragimov, 24. Ahmad Ro'ziboev, 33. Asliddin Toshtemirov, 35. Abbos SHodmonov, 88. Nodir Kamolov, 99. Ibod Abelfayzov.

Zaxira: SHuhrat Rahmonov, 9. Ozod Komilov, 32. Bobur Isroilov, 34. Aziz Muxtorov, 70. SHahzod Usmonov, 71. Doston Abdurahmonov, 77. Xurshid Asqaraliev, 87. Ilhom Vahobov, 94. Otabek Isroilov.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика