So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  1 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  1 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  10 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  14 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  7

Xo'ja ko'rdi. Borimizni ham, ahvolimizni ham... Yangiliklar

Xo'ja ko'rdi. Borimizni ham, ahvolimizni ham...

Bir yaxshi inson aytgan solishtirish xotiramga muhrlanib qolgan.

Aytaylik, Bolgariyada internetdan foydalanish mutlaqo bepul, Belgiyada esa pullik. Sizningcha, birinchi davlat ikkinchisiga qaraganda rivojlanganroqmi?

Xulosa uchun shoshilmasligingizni so'rayman. Bolgariya odamlarga yaxshi sharoit yaratib qo'ygan, bunga gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Ammo unutmangki, istasa, Belgiyaning ham bunga qudrati etadi. SHunchaki Belgiyada odamlarning fikrlashi yanada ilgarilab ketganki, ular tekin narsani hazm qila olmaydi.

Bularni nega aytmoqdaman, shu yilning o'zida dilimni biroz xira qilgan 2 ta voqeani ko'rdim. “O'zbegim” festivalidagi osh vaqtida va “Bunyodkor” stadionidagi final chog'ida xalq bir necha soniya ichida olamonga aylanishi mumkinligini tushundim. Bir vaqtlar o'zimizning shayx so'nggi yo'lga kuzatilayotganda ham shu kabi hunuk harakatlar mavzu bo'lgandi. Endi esa SHayx Salmon ko'z o'ngidagi manzarani ko'ring.


Odamlar o'zini unday yoki bunday tutishi kerak, deb aql o'rgatmoqchi emasman, chunki bunga aqlim ham etmaydi katta ehtimol bilan. Misol keltirish esa eng chiroyli ish. Intenet videolari orqali ko'rgandirsiz, qaysidir arab mamlakatidagi gipermarketda mahsulotlar 1 soat bepul qilib qo'yilgan. Odamlarning mahsulotlarni tilka-pora qilishi juda hunuk manzarani keltirib chiqargandi. Bu ko'zi ochlikning klassik ko'rinishi.

Omma ongi ancha ilgarilab ketgan davlatlarda ham Black Friday yoki shunga o'xshash akciyalar bo'lib turadi. Ammo vaziyat tamomila boshqacha. Kimdir do'kondan o'ziga kerakli narsani oladi, yana kimgadir imkon berilsa, eplaganicha olib chiqish payiga tushadi. Bu bir-biridan tamomila farq qiladigan jihatdir. Har bir inson o'ziga javob bersa va o'z principlarida sobit tursa, ommaga ergashib ketavermaydi aslida.

PFL bosh direktori OCHL finalini Yaponiyada ko'rib, ancha to'lqinlanib ketgan ekan. O'zbekiston Kubogi finalini ham yaxshi saviyada o'tkazishga harakat qilgani ko'rindi. So'nggi vaqtlarda finallar qabrga gul qo'ygandek ahamiyat kasb etayotganidan kelib chiqilsa, yangi rahbariyat anchagina ter to'kkani ko'rinadi.


Masalaning esa boshqa tarafi bor. Biz bir necha bor o'quv yurti talabalari stadionga olib kelinayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Yani, xo'ja ko'rsin uchun qilyapmiz bu ishlarni. Xo'ja ko'rdi, unga hammasi yoqdi, uni aldadik. Ammo keling, kelasi mavsumdan boshlab o'zimizni aldamaylik. Men hazm qila olmaydigan eng yuqori nota shu, o'zimizni aldash. Bizning qon-qonimizga singib ketgan ideologiya ham shu bo'lib qolayotgani achinarli. Yoshlar futbolida istaganini yorib tashlaymiz desagu, bunga yoshi katta futbolchilar bilan erishsak, O'zbekistonga futbol qaytyapti desagu, shunday ko'rinishi uchun muxlislarni o'zimiz ko'chirib kelsak, hamma birdek jazolanadi desagu, kimlardir bundan omonda qolsa — bularning hammasi o'zimizni aldashdan boshqa narsa emas.

Tashkilotchilik, harakat va istak uchun rahbariyatga minnatdorchiligimni bildiraman. Muhimi, ularning o'zida ham xohish bor futbolni ko'tarish uchun. Keling, kelasi yildan boshlab shuni tabiiylashtiraylik. O'yinlarni SHayx Salmon uchun maqul vaqtga emas, odamlarga to'g'ri keladigan vaqtga qo'yaylik. Bir parcha to'p yoki taqir-tuqur ilinjida kelsin mayli odamlar stadionga, ammo futbol uchun kelayotganlari tashqarida ham qolib ketmasin. Tekin sho'rvaga qanchalar moyil ekanimizni o'zimiz ham bilib bo'ldik. Endi hammasini boshidan boshlab, kamchiliklarni bartaraf etganimiz maqul. Axir Yaponiyadagi OCHL finaliga ham muxlislar o'quv yurtlaridan olib kelinmagandi-ku, to'g'rimi?


Gaplarim kimgadir tekkan bo'lsa, oldindan uzr so'rayman. Besh qo'l barobar bo'lmagani kabi, yuqoridagi holatlarni tushunmaydiganlar ham, qo'llab-quvvatlaydiganlar ham oramizda etarlicha. Ha, futboli rivojlangan mamlakatlarda ham odamlar maydonga yopirilib turadi. Ammo ular futbol uchun, sevimli jamoasi uchun shu ishni qiladi. Biz esa muxlislar “Lokomotiv” futbolchilarini tabriklash uchun stadionga yugurib tushdi deb, o'zimizni aldab o'tiribmiz. Tushganlarning ko'pchiligi o'sha klubning 2 tadan ortiq futbolchisini sanab bera olmasa ham kerak.

Va yaxshi muxlislik uchun maydonga tushish ham shart emas. “Gremio” muxlislarini ko'ring, El-Klasiko ishqibozlarini ko'ring. Ular muxlislikni o'z nuqtasida ham qotirmoqda. Biz esa na unisini va na bunisini...

Muallif :
Reyting: +121   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика