So’nggi yangiliklar

07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  0 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25

"Xoffenxaym" amerikalik Pellegrino Mataracconi bosh murabbiy etib tayinladi Yangiliklar

"Xoffenxaym" amerikalik Pellegrino Mataracconi bosh murabbiy etib tayinladi

Germaniyaning "Xoffenxaym" klubi yangi bosh murabbiy nomini elon qildi.

Okean ortidan kelgan mutaxassis quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashayotgan "SHtutgart"dan ishdan bo'shatilganidan to'rt oy o'tib, Bundesliganing boshqa bir jamoasida ish boshladi.

Nyu-Jersida tug'ilgan murabbiy "SHtutgart" ustozi bo'lishidan avval "Xoffenxaym"da ikki yil mobaynida 2017 va 2019 yillar oralig'ida bosh murabbiy yordamchisi va yoshlar jamoasi murabbiyi o'rinlarida faoliyat olib borgan.

"Rino nafaqat bizning klubni, balki jamoaning kattagina qismini o'zining tajribasidan biladi. Xuddi shu kabi biz ham uni yaxshi bilamiz va shu tufayli uni bosh murabbiy lavozimiga to'g'ri kelishiga ishonamiz. U bosimga bardosh bera oladi va bunday vaziyatda nima qilish kerakligini biladi", – dedi klub sport direktori.

Mataracco "SHtutgart"ni yuqori divizionga qaytardi va ikki mavsum jamoani ushbu ligada saqladi. Oktyabr oyida mavsumni g'alabasiz boshlaganidan keyin unga chiqish eshiklari ko'rsatilgan edi. 

"Xoffenxaym" so'nggi sakkizta o'yinda birorta g'alaba qayd etmagan holda 18 jamoadan iborat turnir jadvalining 14 pog'onasidan joy olgan. SHu sababli jamoaning avvalgi bosh murabbiyi o'z lavozimidan ozod etilgan edi.

Mataracco boshchiligida "Xoffenxaym" birinchi o'yinni shanba kuni "Bayer" Leverkuzenga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика