So’nggi yangiliklar

12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  1 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   5 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   10 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  1 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"ни яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5

Xitcfeldning topqirligi SHveycariyaga g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

Xitcfeldning topqirligi SHveycariyaga g'alabani taqdim etdi

Jahon chempionatining "E" guruhi 1-turida SHveycariya va Ekvador jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.

Uchrashuvni har ikkala jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. Dastlabki daqiqalardanoq hujumga o'tishga shoshilishmadi. SHveycariya asosan qanotlarini faollashtirib, raqib nuqsonini izlashga kirishdi. Lekin ularning dastlabki rejalari ish bermadi. Ekvador ko'proq tezkor qarshi hujumlarga tayanib harakat qildi. Uchrashuvning 22-daqiqasida SHtefan Lixshtayner o'z qanotida raqibini qo'li bilan ushlab, to'xtatib qoldi. O'yinni boshqarib borgan Ravshan Ermatov bu vaziyatda Ekvador foydasiga jarima zarbasi belgiladi. Jarima to'pidan etkazib berilgan to'pni Enner Valensiya boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 0:1.


Bundan voqealar rivojini kutmagan Ottmar Xitcfeld shogirdlari darhol oldinga initilishdi. Ketma-ket hujumlarni uyushtirgan shveycariyaliklar tarkibida so'nggi zarbani beradigan futbolchi topilmadi. Birinchi bo'limda Ottmar Xitcfeld jamoasi raqib darvozasi tomon naqd o'nta zarba yo'llashdi. SHularning ettitasi darvozaga aniq bordi. Lekin Ekvador posboni Aleksander Rodrigez ishonchli harakatlari bilan jamoasidan gollardan qutqarib turdi.

Tanaffusda Ottmar Xitcfeld jamoasi tarkibida o'zgarish kiritdi. Stoker o'rniga maydonga tushirilgan Mehmedi murabbiy ishonchini tezda oqladi va 48 - daqiqada Ekvador darvozasi tomon yo'l topa oldi, 1:1.

SHveycariya kiritgan to'pdan keyin ham hujumlar sonini kamaytirmadi. Imkon qadar vaziyatlar yaratib, raqib darvozasi tomon intildi. 


Uchrashuvning 70 - daqiqasida Yosip Drmich Ekvador darvozasiga ikkinchi golni kiritdi, ammo bu vaziyatda Bahodir Qo'chqorov bayroqchasini ko'tardi va o'yindan tashqari holat qayd etdi. Takroriy lavhada shu narsa ko'rindiki, to'p uzatilayotgan pallada Yosip Drmich offsaydda edi. Ammo to'p Ekvador himoyachiga tegib Drmichga keldi. Bu vaziyatda Ravshan Ermatov golni inobatga olmadi va to'p uzatilayotgan vaziyatdagi holatni hisobga olib, offsayd qayd etdi.

SHundan so'ng har ikkala jamoa azolarida raqib darvozasini nishonga olish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Fon Bergen bir vaziyatda SHveycariyani goldan qutqarib qoldi.

Ottmar Xitcfeld shu kuni o'yini qovushmagan Yosip Drmich o'rniga Seferovichni maydonga tashladi. Eng qizig'i, Xitcfeld bu qarori ham amalda naf keltirdi.

Uchrashuvga qo'shib berilgan so'nngi daqiqalarda Ekvador ajoyib vaziyatga ega bo'ldi. Antonio Valensiya o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va qulay vaziyatga turgan jamoadoshiga to'pni uzatdi. Ammo qaerdandir Behrami paydo bo'lib, juda chiroyli harakat bilan to'pni undan olib qo'ydi va jamoasining tezkor hujumini boshlab berdi. Maydon markazida ekvadorlik futbolchi Behramini "podkat" bilan to'xtatmoqchi bo'ldi. Lekin Behrami yiqilganligiga qarmasdan, o'rnidan turib jamoasi hujumini rivojlantirdi. CHap qanotga jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan to'pni zaxiradan maydonga tushgan Seferovich Ekvador darvozasiga aniq yo'lladi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o'o'rnatdi, 2:1!

Ottmar Xitcfeldning topqirligi SHveycariyaga g'alabani taqdim etdi

Ravshan Ermatov boshqarib borgan o'yinda SHveycariya jamoasi irodali g'alabani qo'lga kiritdi.


SHVEYCARIYA - EKVADOR - 2:1 (0:1)

Brazilia. "Mane Garrincha" stadioni. 21:00

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)

Yordamchi hakamlar: Abdulhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)

Zaxira hakami: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya)

Gollar: Mehmedi 48, Seferovich 90+3 - E.Valensiya 22.

SHveycariya: Benalo, Lixtshtayner, Juru, fon Bergen, Rodriges, Bexrami, Inler, SHakiri, Jaka, SHtoker (Mehmedi, 46), Drmich (Seferovich, 75).
Ekvador
: Dominges, Paredes, Guagua, Eraso, V.Ayovi, A.Valensiya, Noboa, Montero (Roxas, 77), E.Valensiya, Kaysedo, Gruezo.

Ogohlantirishlar
: Paredes 53. Juru, 84.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика