Xemes "Real"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?
31 mar 2018 10:42
Yangiliklar
Xemes "Real"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?
"Las-Palmas" bosh murabbiyi Pako Xemes LaLiga doirasida "Real"ga qarshi uchrashuv haqida to'xtaldi.
"Qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun qancha ochko kerakligini bilmayman. Bu juda ko'p kichik faktorlarga bog'liq. Oldin men LaLigada qolish uchun 31-32 ochko olsak etadi deb o'ylagandim.
Endi oldimizdagi barcha o'yinlarda, jumladan "Real"ga qarshi bahsda ham g'alaba qozonishimiz talab etiladi. Biz Primeroda qolishimiz uchun yutish lozim, shunday boshqa jamoalar bilan ishimiz bo'lmaydi", - dedi Xemes.
30-turdan keyin "Las-Palmas" turnir jadvalining 18-qatorini egallab turishibdi. Ular 17-o'rindagi "Levante"dan 6 ochkoga ortda qolishmoqda.
Fikrlar