So’nggi yangiliklar

19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  0 19:00Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  5 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  8 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  12 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" 1:0 (матнли трансляция)  2 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  2 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  12 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0

Xavi: "Agar VAR bo'lganida, boshqa natija haqida gapirishimiz mumkin edi" Yangiliklar

Xavi: "Agar VAR bo'lganida, boshqa natija haqida gapirishimiz mumkin edi"

OCHL 1/8 finalida Eronning "Persepolis" klubi "Al Sadd"ni 1:0 hisobida mag'lub etib keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Al Sadd" ustozi Xavi quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- Men juda xafaman. "Al-Sadd"da ko'p vaziyatlar bo'ldi va bu keyingi bosqichga o'tish uchun etarli edi. O'yin teng kechdi, to'pga egalik qilish, zarbalar berish, vaziyatlar yaratish... Men yigitlarga bitta xato qilsak ham bu bizga qimmatga tushishini aytgandim. Biz aynan o'sha bitta xatoga yo'l qo'ydik va raqibga yutqazdik.

Bizda kayfiyat yaxshi edi, o'yinni ham nazorat qildik. Bu futbol. Afsusdaman. Bugun halabaga loyiq o'yin ko'rsatgan bo'lsak-da, mag'lubiyatga uchradik, bazida futbolda shu kabi adolatsizliklar ham uchrab turadi.

O'ylashimcha, bizda VAR yo'qligi achinarli va afsuslunarli. VAR yo'qligi bugungi kundagi dolzarb masala. Hakamlar haqida gapirmang, chunki ular xato qilishadi. Xatolar ko'p uchraydi, ammo VAR buni tuzatgan bo'lardi. Agar VAR bo'lganida, boshqa natija haqida gapirishimiz mumkin edi. Osiyoning eng yaxshi turniri uchun yaxshi sharoitlar kerak, ammo bugun bizda bu yo'q edi.


- Sizningcha, "Al Saad" bugun raqibdan yaxshiroq o'ynadimi?

- "Al Sadd" bugun zo'r emasdi (yakuniy natija nazarda tutilyapti). Kichik detallarda adashdik. O'yinni nazorat qildik, imkoniyatlar yaratdik. Ko'plab burchak to'plariga ega bo'ldik, zarbalar yo'lladik. Menimcha, biz yaxshiroq edik. Futbol o'zi shunaqa. Biz buni to'g'ri qabul qilishimiz kerak. Davom etishimiz, o'z tajribamizni oshirishimiz, yanada kuchliroq bo'lishimiz va qayta urinib ko'rishimiz lozim.


- O'yin so'ngida "Persepolis" kuchliroqdek ko'rindi, bunga jismoniy tayyorgarlik sabab bo'ldimi?

- Menimcha, bu asosiy sabab emas. Ular ham charchashgan edi. Raqobat qiyin, har 3 kunda o'ynash juda qiyin. Bu juda murakkab taqvim. "Persepolis" ham juda charchadi, lekin ular ham shunday taqvim asosida o'ynadilar. Birgina vaziyat va ular bundan foydalanib qolishdi. Bu futbol. Biz kuchliroq edik, lekin...


- Penalti bilan bog'liq vaziyat haqida nima deya olasiz?

- Siz nima deysiz? Sizning fikringiz qanday? Javob bering...  Ha, adolatsiz munosabatda bo'lishdi: hamma ko'rishi mumkin bo'lgan vaziyat edi. Nima deyish mumkin, bu adolatsizlik. Asosiy sabab shundaki, bizda VAR yo'q, lekin buni hamma ko'rib turibdi. Hech narsa qo'shimcha qila olmayman. Bu haqiqat va biz haqiqatni aytish uchun shu erdamiz.


- Siz 2017 yildan buyon "Al Sadd"dasiz, avval futbolchi sifatida, endi esa murabbiy. Sizning qo'l ostingizda Kasorla kabi yulduzlar va Qatar terma jamoasi azolari bor. Nega maqsadlarga erisha olmayapsiz?

- Menimcha, bizga ko'proq omad kerak. Bugun bizga omad kulib boqmadi. O'sha yillarda biz ko'proq g'oliblik mentaliteti va etiborga muhtoj edik. Ushbu qadriyatlar pley-offda juda muhim. Bizga ko'proq etibor, ritm, intensivlik kerak. Biz oldinga intilishda davom etishimiz lozim.

Endi liga, Amir kubogi va keyingi musobaqalarda g'olib chiqishga haraqakat qilamiz. Muxlislar va klubning hafsalasini pir qildik. Bu sport. Biz, albatta, qaytishimiz va yutishimiz shart. Bu muxlislarning ishonchini tiklash va oqlash chorasidir.  

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика