So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Xaver Maskerano: “Yarim himoyada o'ynaganimda “Barsa”da bo'lmasdim” Yangiliklar

Xaver Maskerano: “Yarim himoyada o'ynaganimda “Barsa”da bo'lmasdim”

“Barselona” klubi himoyachisi Xaver Maskerano Italiyaning “La Gazette Dello Sport” nashriga bergan intervyusida faoliyati, Buskets bilan raqobati va Rafa Benites bilan munosabatlari qanday ekani haqida savollarga javob qaytardi.


- Xaver, jahon chempionati yaqinlashmoqda. Unda siz sobiq klubingiz “River Pleyt” bilan to'qnash kelishingiz mumkin.

- Ha, men u erda baxtli bo'lganman. Albatta, faoliyatimni boshlagan joyimga qaytib, barchasini o'sha erda yakunlashni istardim. Agar “River”ga ham xuddi boshqa jamoalarga foyda keltirganimdek yordam bera olsam. Zarur paytda va klub senga muhtoj bo'lganda o'ynashing yaxshiroq.

- Sizni bo'lajak murabbiy sifatida ham ko'rishmoqda.

- Hozircha o'ynashni va futbolchilik faoliyatimni davom ettirishni xohlayman. O'zimni murabbiylikka tayyorlashga hali vaqtim bo'ladi. Lekin urinib ko'rsa arziydi.

- Qaysi biri qiyinroq – jamoadoshlar ishonchini qozonishmi yoki ularga g'oyani singdirish?

- Eng qiyini – 25-30 kishidan iborat jamoani boshqarish. Unda biri ikkinchisidan muhimroq va ko'proq o'ynaydi. Murabbiy sifatida g'oyani singdirishing mumkin, biroq hammasini maydonda o'yinchilar hal qilishadi. Menga o'zimni murabbiydek tutib, uning qarorlarini tushuniga intilish yoqadi.

- Gvardiolaning sizni markaziy himoyaga o'tkazish qaroriga qanday qaraysiz?

- Murabbiy o'zining intilishi va bilimlarini qo'llab ko'radi. Gvardiola men kabi futbolni soatlab muhokama qilishni yaxshi ko'radi. Undan ko'p narsani o'rganganman. Boshida qiyin bo'lgandi, lekin keyin o'rganish zarurligini his qildim.


- Faoliyatingizni himoyachi sifatida yakunlaysizmi?

- Yo'q, ajoyib kunlarning birida markaziy yarim himoyaga qaytishni maqul ko'raman. Bilmadim, buni “Barsa”da amalga oshirish nasib qilarmikan, bu juda qiyin. Himoyada o'zimni qulay his qilyapman, biroq ich-ichimdan o'zimni tayanch o'yinchisi o'rnida ko'raman.

- Lekin yarim himoyada qolganingizda faoliyatingiz qanday kechgan bo'lardi?

- O'ylashimcha, hozir bu erda bo'lmasdim. Va “Barsa” bilan erishgan narsalarimga etishmagan bo'lardim. Bunga shubha yo'q.

- Futbolchi sifatida o'zgardingizmi?

- Albatta. Bunday klubda o'smasdan o'ynash qiyin. Iqtidorlar bu erda etarli. O'yinimning bazi jihatlarini o'zgartirdim va hozir boshqacha harakatlanyapman.

- Buskets bilan sizni juftlikda ko'rish haqiqatdan yiroqmi?

- “Barsa” ishqibozlari jamoaning aniq bir uslubiga ko'nikib bo'lishgan va ikki tayanch o'yinchisi bilan harakat qilish himoyaviy uslub sanaladi. Natijada o'yin sifatiga putur etadi, hujumda futbolchilar etishmay qoladi. Bu boshqalarga bu uslub to'g'ri kelmaydi degani emas. Masalan, “Liverpul”ga. Bu erda esa 4-3-3 bilan maydonga chiqsak, maydon markazida aynan Buskets o'ynaydi.

- Uning poziciyasida tushsangiz, bosimni his qilasizmi?

- Aksincha, bu yoqadi. Lekin 90 daqiqa davomida o'yinga etibor qaratganim sababli undan zavq ololmayman. Faqat mashg'ulotlarda bunga yo'l qo'yishim mumkin. Himoyada tushganimda Pike singari bemalol maydonda harakatlana olmayman. Himoyada o'ynash qobiliyati ham deyarli sanat.

- O'tgan mavsum jamoa treblga erishdi.

- Bu oson bo'lmadi. G'oliblik yo'lida “Manchester Siti”, “PSJ”, “Bavariya” va “Yuventus” kabi o'z mamlakati chempionlarini engdik. Faqat Myunxenda bir marta mag'lubiyatga uchradik. Bu oxirgi yillarda CHempionlar ligasidagi eng qiyin turnirlardan biri bo'ldi.

- Bu oldindagi futbolchilar o'yini evaziga qo'lga kiritildi deb aytishdi.

- Haqiqatga tik qarash kerak. Himoyada qancha zo'r o'ynasang ham hujumda ishlar qovushmasa o'yinni yuta olmaslik ehtimoli bor. Yakunda yaxshi futbol namoyish etganing ahamiyatga ega bo'ladi. SHu bilan birga La ligada o'tgan mavsumda eng kam gol o'tkazdik. Bu chempionatni himoya bilan yutganimizni bildirmaydi. Hujum aslida himoyadan boshlanadi. Biz raqibga bosim uyushtiramiz. Buskets  va qanot himoyachilari ham hujum bilan mashg'ul bo'ladi. Bazan markaziy himoyachilar ham hujumga qo'shiladi.

- 2006 yil “Vest Xem”ga kelganingizda doim asosiy tarkibda o'ynamasdingiz. Lekin bir yildan keyin Benites sizni Liverpulda kutib olgan.

- 4 oydan keyin esa CHempionlar ligasi finalida edim! “River”da o'ynagan paytim u meni “Valensiya”ga chaqirgandi. O'shanda Londondan keyin Italiya va Ispaniyada o'ynashni xohlayotgandim. “Yuve” men bilan aloqaga chiqqan, biroq ular o'shanda “V” seriyada edi. “Liverpul”da Alonso, Sissoko va Jerrard bor edi. Bunga javoban Benites ularda menda bor xususiyat yo'qligini takidlagandi. “Vest Xem”da esa jahon chempionatidan keyin Pardyu qaysi chiziqda o'ynashimni so'ragandi. Bundan xafa bo'lgandim. O'sishda davom etdim va so'ng Benitesning taklifiga ko'ndim.

- U sizni 2014 yil “Napoli”da ko'rishni ham istagan.

- Ha, shunday. Hozir u “Real”ni boshqarayotganini hisobga olsak, kamroq suhbatlashyapmiz. U meni chuqurdan olib chiqqan. SHu sababli Benitesdan minnatdor bo'lishim kerak. U yaxshi inson, harakatchan murabbiy va ajoyib ustozdir.

- Faoliyatingizda 670 uchrashuvda 10 gol urgansiz xolos. “Barsa”da esa 250 bahsda birorta to'p kiritmadingiz. Qizlaringiz golni ularga bag'ishlashingizga ishonishadimi?

- Rafiqam va qizlarim futbolni yoqtirishmaydi. SHu sababli uyda futbol ko'rish oson bo'lmagan vazifaga aylanadi, lekin bu menga futboldan dam olishga katta yordam beradi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика