So’nggi yangiliklar

21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  4 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  3 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  13 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  7 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2

Xaver Maskerano: "O'zbekistonga qarshi o'yin og'ir o'tadi" Yangiliklar

Xaver Maskerano: "O'zbekistonga qarshi o'yin og'ir o'tadi"

Argentina U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekiston yaxshi jamoa sanaladi. Ularni bilmaydiganlar haqida shuni aytish joizki, ushbu jamoa qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladi. O'tgan yili 5-3-2 sxemasida harakat qilgan raqibimiz iqtidorli vingerlarga ega hamda to'p nazoratini yaxshi ko'radi. Ular yakkakurashlarda kuchli, bu haqda shogirdlarimni ogohlantirganman. 

Bo'lajak o'yin oson bo'lmaydi. Biz ularga qarshi o'tgan yilning sentyabr oyida maydonga tushgandik. Raqib jamoa tarkibida bazi nomlar o'zgargan, ammo maqsad o'sha-o'sha: ular yaxshi o'yin ko'rsatishga va to'pni nazorat qilishga harakat qiladi. Bo'lajak uchrashuv qiyin o'tadi", — dedi mezbonlar murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, Argentina — O'zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21 mayga o'tar kechasi soat 02:00 da boshlanadi. O'yin saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.

Maskerano boshchiligidagi Argentina O'zbekiston bilan o'yindan avval mashg'ulot o'tkazdi

U-20 JCH. Argentina — O'zbekiston uchrashuvi chiptalari sotib bo'lindi, hamyurtlarimizni mashhur klub skauti kuzatib boradi 

Murabbiy – Maskerano, Evropa top-klublaridan o'yinchilar. Argentina U-20 terma jamoasi haqida nimalarni bilish kerak?

U-20 jahon chempionati. Maskerano tanlagan 21 nafar futbolchi 

U-20 jahon chempionati. O'zbekiston yoshlarining raqiblari bilan tanishamiz, jumladan, Argentina bilan o'tgan yili to'qnash kelganmiz

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика