Xans-Yoaxim Vatcke: "Hakam o'yin maqomiga mos emasdi"
09 apr 2014 11:58
Yangiliklar


Xans-Yoaxim Vatcke: "Hakam o'yin maqomiga mos emasdi"
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) sloveniyalik bosh hakam Damir Skomina juda yomon ishlaganini malum qildi.
"O'yin maqomiga mos bo'lmagan yagona inson bu hakam edi. Masalan, Serxio Ramos Robert Levandovskini yiqitganini ko'rdim, hakam esa hushtak chalmadi. U bir qator xatolarga yo'l qo'ydi. Yo'q, keyingi bosqichga chiqa olmaganimizga faqat hakam aybdor emas", - deydi Vatcke Goal.com nashriga.

Fikrlar