Xames "Real"dan APL klubiga 25 mln evro evaziga o'tishi mumkin
06 iyu 2020 10:17
Yangiliklar
Xames "Real"dan APL klubiga 25 mln evro evaziga o'tishi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges mavsum yakunlanganidan so'ng klubini o'zgartirishi mumkin.
Madridliklar bir yildan so'ng shartnomasi yakunlanadigan 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyorlar.
Aynan shu sabab "Real" xavbekni taxminan 25 million evrolarga sotib yuborishiga to'g'ri keladi.
Bir yil oldin "Atletiko" va "Napoli" Xames uchun 45-50 million taklif qilishgandi, ammo "qirollik klubi" bu takliflarga rad javobini bergandi.
O'yinchiga hozirda "Real"ning Xamesni pastroq narxga qo'yib yuborishini bilib turgan "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Everton" va "Vulverxempton" klublari qiziqish bildirmoqda.
Agar futbolchi "Santyago Bernabeu"da qolsa, madridliklar uning maoshini kamaytirish borasida kelishuvga erishishga harakat qilishadi. Xames ayni damda yiliga 7 million evro maosh oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar