So’nggi yangiliklar

21:21Киммих: "ПСЖга қарши ўйинимиз футболга кўпроқ ўхшаганди"  1 21:00U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия - Австрия 1:0 (онлайн ҳисоб)  1 20:51"Ливерпуль" Слот бўйича қарор қабул қилди  8 20:26ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  6 20:05U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистонни турнирдан чиқариб юборган Италия 3-ўринни қўлга киритди  4 19:55Бьелса атрофидаги шов-шувлар барҳам топди: мураббий Уругвай терма жамоаси бошқарувида қолади  0 19:28Италия грандлари ўртасида рақобат: Силва кимни танлайди?  1 19:00"Камп Ноу"ни таъмирлаётган компания норасмий ишчилардан фойдалангани учун жаримага тортилди  2 18:32Пирс Морган: "Арсенал" "Бавария"ни мажақлаб ташлади — бутун Европа ларзага келмоқда"  11 18:04ЎФА Мўғулистон футбол ассоциацияси билан ҳамкорликни кенгайтиради  15 17:42Франк: "Бу футболчи "Олтин тўп"нинг кейинги соҳиби бўлади"  1 17:14"Сўғдиёна" футболчиси Корея клубига ўтишга яқин  8 16:47Энрике: "ПСЖ "Тоттенхэм"га қарши ўйинда характер кўрсатди"  0 16:21Саудия Арабистони стадионлар қурилиши учун қарз беради  2 15:55Италиялик ҳужумчи Ўзбекистонга қайтиши мумкин  11

Xalqaro maydonlarda nima gap? Yangiliklar

Xalqaro maydonlarda nima gap?

Teglar :  NasafPaxtakor
Bu mavsum klublar o'rtasidagi xalqaro maydonlarda ishtirok etayotgan har ikki jamoamizning unchalik omadi kelmayapti.

Osiyo chempionlar ligasi Elit musobaqasida qatnashayotgan "Paxtakor" hozircha 4ta o'yin o'tkazib, ikki bor durang qayd etdi va ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi. Natijada 2 ochko bilan 10-o'rinda boryapti.

Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasida ishtirok etayotgan "Nasaf" ham 4ta uchrashuvda maydonga tushib, bir bor g'alaba qozondi, bir marta durang o'ynab, ikkita bellashuvda mag'lub bo'ldi. Jamoa 4 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turibdi.

Malumki, Elit OCHL G'arb mintaqasida 12ta jamoa kurash boryapti va 8talikka kirgan jamoalar keyingi bosqichga yo'l oladi. Buning uchun "Paxtakor" qolgan to'rtta o'yinning kamida ikkitasini yutishi shart. Jamoa o'z maydonida kechgan "Al Rayan" bilan bahsda yaxshi harakat qildi, hatto bir nechta vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo futbolda shunaqa - gol urmasang yutmaysan. "Al Rayan" futbolchisining jarima maydonchasiga ichiga havolatib oshirgan to'pi tasodifan golga aylandi.

Biz har qancha "Paxtakor" zo'r o'ynadi demaylik, baribir musobaqa formati va raqamlarga kelganda tablodagi yakuniy hisob gapiradi. CHiroyli o'yin faqat og'izda qolib ketadi.

"Paxtakor"ning navbatdagi to'rtta o'yini quyidagicha:

25 noyabr. "Istiqlol" - "Paxtakor"

3 dekabr. "Paxtakor" - "Al Ayn"

4 fevral. "Al Garafa" - "Paxtakor"

17 fevral. "Paxtakor" - "Al Sadd"

Ko'rib turganingizdek, "Paxtakor" qolgan turlarni Eron, BAA jamoalari va Qatarning ikki klubiga qarshi o'tkazadi. Jamoa shu to'rtta o'yinning qaysilarida g'alaba qozona oladi degan savolni muxlislarga qoldiramiz.

OCHL 2da qatnashayotgan "Nasaf"ning guruh bosqichida ikkita o'yini qoldi. Jamoa guruhdan chiqishi uchun har ikkala bahsni o'z foydasiga hal etishi shart. CHunki bu kabi turnirlarda 10 ochko bilan guruhdan chiqsa bo'ladi. "Nasaf" Iordaniya klubi bilan kechgan bahsda kamida durangga loyiq edi. Ammo bu o'yinda ham qarshiliklardan omad yuz o'girdi.

"Nasaf"ning keyingi ikkita uchrashuvi:

27 noyabr. "Nasaf" - "Al Quvayt"

4 dekabr. "SHabab Al Ahli" - "Nasaf"

Ro'ziqul Berdiev guruhdagi eng kuchli raqib sifatida "SHabab Al Ahli"ni aytib o'tdi. To'g'ri, balki rostan eng kuchlidir, ammo raqamlar "Al Husseyn"ni guruh peshqadami sifatida ko'rsatmoqda. Bu jamoa 9 ochko to'plab birinchi o'rinda boryapti va "Nasaf"ni har ikkala o'yinda mag'lub eta oldi. "Nasaf" o'z maydonida "SHabab Al Ahli"ni 2:1 hisobida enggandi, endi oxirgi turda shu jamoa maydoniga safar qiladi. Ungacha esa o'z uyida guruh autsayderi "Al Quvayt"ni qabul qiladi.

Imkoniyat kimda ko'p?

Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat kimda yaxshiroq: "Paxtakor"dami yo "Nasaf"dami? Bizningcha teng degan bo'lardik. To'g'ri, "Paxtakor"da hali o'yinlar soni ko'proq, biroq kuchlilar bilan o'ynaydi. "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham ikkita uchrashuvni o'z foydasiga hal etishi shart, yo'qsa musobaqadagi ishtiroki tugaydi.

Ular bizdan kuchlimi?

"Paxtakor" shu paytgacha BAA, Eron, Iroq va Qatar klublariga qarshi bahs olib bordi. Bir necha yildan beri Osiyo futbolini kuzatuvchi sifatida aytishim mumkin, hozirgi paytda eng kuchli jamoalar Saudiya Arabistonida. G'arb mintaqasidagi qolgan jamoalar bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Bejizga Saudiyaning uchta klubi - "Al Hilol", "Al Ahli" va "Al Nassr" turnir jadvalida yuqori uchlikni egallab turgani yo'q. CHunki bu klublar chindan ham kuchli.

Lekin keyingi o'rinlarda borayotgan "Al Sadd", "Al Vasl", "Al Garafa" kabi jamoalarni judayam kuchli demagan bo'lardim. Mana shu istalgan uch jamoaning biri o'rnida "Paxtakor" bo'lishi mumkin edi. Lekin aytib o'tganimizdek, o'yin emas raqamlar klublarni yuqoriga ko'taradi. Ammo unutmaylik, raqamlarni keltiradigan o'yin hisoblanadi.

Xuddi shu kabi "Nasaf"ning har ikkala bahsda Iordaniya klubiga imkoniyatni boy berishi tasodif emas. Ko'pchilik Ro'ziqul Berdiev Superliga chempionligi yo'lida OCHL 2ni qurbon qildi deyapti. Lekin men bu fikrga qo'shilmayman. SHunchaki, "Nasaf"ning omadi kelmadi xolos, axir kim ham xalqaro maydonda o'zini ko'rsatib pul ishlashni xohlamaydi.

Safardagi o'yinlarni qo'ya turaylik, "Paxtakor"ning o'z maydonida BAA va Qatar klublarini mag'lub eta olmagani, "Nasaf"ning ikki bor Iordaniya klubidan mag'lubiyatga uchragani jamoalarimiz kuchsizlanib bormoqdami degan tasavvurni keltiradi. Mutaxassislar va futbol bilimdonlari bu o'yinlarni juda chuqur tahlil qilishlari lozimki, nima uchun biz uyda yutishimiz kerak bo'lgan jamoalarga mag'lub bo'lyapmiz. Buni hech qanaqasiga bir-ikkita gap bilan yopib bo'lmaydi. CHunki vaqtida tahlil qilib, kerakli chora ko'rilmasa, xalqaro maydondagi ballarimiz yana tushib ketadi va OFK kvota ajratayotganda O'zbekistonga doimgidek ikkita o'rin berish bilan cheklanadi. Biz esa OCHL Elit va OCHL 2 musobaqasida O'zbekistondan kamida 4ta klub ishtirok etishini xohlaymiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика