Xakimi "Real" muxlislari bilan xayrlashdi
04 iyu 2020 10:21
Yangiliklar
Xakimi "Real" muxlislari bilan xayrlashdi
Himoyachi Ashraf Xakimi "Real"dan "Inter"ga o'tdi va "qirollik klubi" muxlislariga xat yozdi.
"Madridning "Real" klubi - men voyaga etgan, o'qigan va hozirgidek bo'lishimga sabab bo'lgan uyim. Klubning barcha xodimlari, murabbiylari va men bilan ajoyib vaqtlarni o'tkazgan barcha jamoadoshlarimga rahmat.
Va nihoyat, meni qo'llab-quvvatlagan va klub uchun muxlislik qilishni davom ettirayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman.
Hammasi uchun rahmat, Madridning "Real" klubi", - deb yozgan Xakimi. Eslatib o'tamiz, Xakimi "Real" 14 yil to'p tepdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar