So’nggi yangiliklar

20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  2 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  1 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  6 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  10 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  11 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  15

Voyneski: "Ko'zlangan natijaga erisholmaganimiz uchun barchadan kechirim so'raymiz" Yangiliklar

Voyneski: "Ko'zlangan natijaga erisholmaganimiz uchun barchadan kechirim so'raymiz"

Osiyo CHempionlar ligasining 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Taavon" uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi Slavche Voyneski hamda yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev ishtirok etdi.

Voyneski: Ertaga oxirgi o'yinimizni o'tkazamiz. So'nggi o'yinda judayam omadsiz bo'ldik. Vaziyatlardan foydalanmaslik oqibatida jazolandik. Futbolchilar bosimsiz erkin o'ynashi mumkin. Mezbonlar esa keyingi bosqichga chiqishga urinishadi. Biz g'alaba uchun harakat qilamiz. Tarkibda bazi o'zgarishlar qilib, yoshlarga imkon berishimiz mumkin.

Fayzullaev: Ertaga so'nggi o'yin, afsuski, keyingi bosqichga chiqa olmadik. "Taavon" yaxshi jamoa, yuqori saviyali ijrochilarga ega. Bahs qiziqarli bo'lishi kutilmoqda. Biz jamoa bilan zafar quchishga intilamiz.

Voyneski: Ko'zlangan natijaga erishmaganimiz uchun butun jamoa bilan birga muxlislarimizdan, rahbariyatdan kechirim so'raymiz. Aynan ijobiy natijalarni qo'lga kirita olmaganimiz uchun ham g'alaba maqsadida o'ynash bizga ishtiyoq beradi.

Uch nafar futbolchi bizga yordam bera olmaydi. Biz qo'ldan kelgancha yutuq uchun o'ynaymiz. Futbolda doim kurashish zarur, maydonda borini berish lozim. Jamoa xarakteri shunda shakllanadi. Biz "Taavon"ga qarshi maydonda bor kuchimizni beramiz. Hozir eng yaxshi holatda bo'lgan futbolchilar maydonga tushadi. Yosh futbolchilar o'yin mobaynida imkoniyatga ega bo'ladi.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика