So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Vohid SHamsai: "O'zbekistonga qarshi o'yinda futzalda uchratmagan hodisaga guvoh bo'ldim" Yangiliklar

Vohid SHamsai: "O'zbekistonga qarshi o'yinda futzalda uchratmagan hodisaga guvoh bo'ldim"

Eron futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Vohid SHamsai O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Avvalambor, Eron xalqini ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin o'yin o'tkazdik, kerakli vaqtda ustunlikni qo'lga olib, raqib darvozasini ishg'ol qildik. O'zbekiston Osiyoda biz uchun eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko'rsatdi.

O'zbekiston futzalga sarmoya kiritdi, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan birini jalb etdi va jahon chempionati mezbonligini qo'lga kiritdi. Bu ham ularning qitada eng yaxshilardan biri bo'lishga intilayotganidan darak beradi.

Finalga chiqish yoqimli tuyg'u baxsh etadi. Ikki yil oldin chempionlikni boy bergandik. O'yin penaltilarga qadar davom etgani o'zimni xotirjam his qilishimga imkon bermadi, muhimi, endi finaldamiz.

O'zbekiston futzalchilari o'yindan keyin erga cho'kkalib olishdi. Bunday g'alati hodisaga futzalda ilk marotaba duch keldim. Bunaqa holatni faqat futbolda ko'rganman.

Ular bunga loyiqmas, bu jamoa futbolchilari zo'r o'ynashi mumkin ekan", — dedi eronlik mutaxassis.

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика