So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  15 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Vodiy futboli. "Qo'qon-1912" - "Olmaliq" uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi Yangiliklar

Vodiy futboli. "Qo'qon-1912" - "Olmaliq" uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi

25 va 26 avgust kunlari oliy liganing 20-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.
"Navbahor": "So'g'diyona"ga qarshi o'yiniga oid faktlar

1- Davron Fayziev shogirdlari bu yilgi O'zbekiston chempionatida birinchi marotaba 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Etiborlisi, jizzaxliklar barcha avvalgi 4 g'alabasida darvoza daxlsizligini saqlab qolishmagan.
2- "Navbahor" ikki yil avval ham "So'g'diyona" maydonida 2:0 hisobida mag'lub bo'lgan. Uchrashuv bosh hakami Vladislav Ceytlin ikkinchi marotaba joriy mavsumda 8 balldan kam baxo oldi. Ushbu mavsum mazkur referi boshqargan o'yinlarda "Navbahor" ikkinchi bor raqibiga engildi.
3- "Lochinlar"nnig ikkinchi davradagi uch o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi.
4- To'rtinchi bor O'zbekiston chempionatining ushbu mavsumida futbolchilarimiz maydonni golsiz tark etishdi. SHuningdek bosh hakam Vladislav Ceytlin "Navbahor" ishtirokidagi joriy mavsumda to'rtinchi o'yinni boshqardi.
5- Beshinchi marotaba o'zaro o'yinlar tarixida Jizzaxda "lochinlar" ikki to'p farqi bilan imkoniyatni boy berishdi. Uch marotaba 3:1 (1993, 1998, 2002) va ikki bor 2:0 (2013, 2015) hisobi kuzatilgan. SHuningdek "So'g'diyona" oliy ligada o'zining beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
6- Darvozabonimiz Akmal Ortiqov amaldagi mavsumda ushbu uchrashuvdan so'ng o'tkazib yuborgan gollari soni oltitaga etdi.
7- Safar o'yinlaridagi mag'lubiyatlar soni ettitaga etdi.
8- Joriy mavsum chempionatda sakkizinchi bor mag'lubiyatga uchradik.
9- Ulug'bek Baqoevga oliy liga ushbu mavsumida to'qqizinchi marotaba sariq kartochka ko'rsatildi.
10- Vladislav Ceytlin 9 ball olmaganiga 10 o'yin bo'ldi.
11- Jamoamizning 11 o'yinlik golli seriyasi Jizzaxda poyoniga etdi.


"Qo'qon-1912": "Olmaliq" bilan o'yin chiptalari sotuvga chiqdi

"Qo'qon-1912" - "Olmaliq" uyini uchun mo'ljallangan chiptalar sotuvda chiqarildi. CHiptalar 2 xil toifada bulib, 5000 va 10 000 sumdan uyingoh kassalarida sotilmokda.

Uchrashuv 26-avgust chorshanba kuni soat 17:00da Qo'qon shahridagi "Markaziy" uyingoxda boshlanadi.

Ertaga esa soat 16:00 da ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Barcha muxlislarni o'yingohimizga taklif etib qolamiz.


"Neftchi": Muborakda oxirgi to'rt o'yinda to'rt bor yutqazganmiz

Oliy liganing 20-turida Farg'onaning "Neftchi" klubi Muborakda "Mashal" klubi mehmoni bo'ladi.

Bu jamoalar o'rtasidagi Muborakda kechgan 14ta uchrashuvning 8tasida “Mashal” zafar quchgan. “Neftchi” 6 marta “Mashal”ni mag'lub etib qaytgan. Muborakda o'tgan oxirgi to'rt o'yinda "Neftchi" to'rt bor mag'lub bo'lgan.


"Andijon": Buxoroda oxirgi uch o'yinda gol ura olmaganmiz

Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi 20-turni safarda "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.

“Buxoro” mezbonlik qilgan o'yinlarning 12tasida maydon egalari muvaffaqiyat qozonishgan. 7ta o'yinda g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmagan. “Andijon” bu jamoa maydonidan faqat bir marta (2008 yil) g'alaba bilan qaytgan. Oxirgi uch o'yinda "burgutlar" Buxoroda umuman gol ura olishmagan.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика