So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Vodiy futboli": "Andijon" "Qo'qon-1912"ga yutqazdi Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Andijon" "Qo'qon-1912"ga yutqazdi

Oliy liganing 19-turida Farg'onaning "Neftchi" klubi nihoyat g'alabaga erishdi.
"Andijon" - "Qo'qon-1912" 1:2

Kecha oliy liganing 19-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda mehmonlar zafar quchishdi. Otabek Haydarovning dubliga mezbonlar safida Anvar Berdiev bir bir javob berdi - 1:2.

SHu tariqa, "Qo'qon-1912" o'z ochkolarini 17taga etkazib oldi va 12-o'ringa chiqib oldi. "Andijon" hisobida 14 ochko bor, jamoa hamon 15-o'rinda.

"Andijon" 20-turda "Buxoro" klubi mehmoni bo'lsa, "Qo'qon-1912" keyingi turni o'z uyida "Olmaliq"qa qarshi o'tkazadi.



"Neftchi": Ikkinchi davradagi ilk yutuq

Kecha "Neftchi" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qilib 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bekobodliklar vakili Saidjon Abdujabborov hisobni ochganiga qaramay farg'onaliklar irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. Sardor Rahmonov va SHerzod Hakimovning gollari Murod Ismoilov jamoasiga ikkinchi davradagi birinchi g'alabani keltirdi.

Farg'ona jamoasi o'z ochkolarini 36 ochkoga etkazib oldi, "Neftchi" 5-o'rinda bormoqda.

"Neftchi" endi 26 avgust kuni Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ladi.



"Navbahor": "So'g'diyona"ga yutqazib qo'ydik

Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 19-turini Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazdi. Ushbu o'yinda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa yutqazib qo'ydi - 0:2.  

SHu tariqa, "Navbahor"ning ikkinchi davradagi mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi. Jamoa 25 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.

"Lochinlar" navbatdagi turni Namanganda "Bunyodkor" klubiga qarshi o'tkazishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика