So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Vodiy futboli". "Andijon" Buxoroga etib bordi Yangiliklar

"Vodiy futboli". "Andijon" Buxoroga etib bordi

Vodiy klublari ertaga oliy liga doirasida 20-turni o'tkazishadi.

"Andijon" Buxoroga etib bordi

Bugun ertalab soat 07:00 da “Andijon” jamoasi Toshkentdan Buxoroga etib keldi. SHahar markazidagi “Buxoro Grand” mehmonxonasiga joylashgan jamoamiz ertaga bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni boshladi.

Har doimgidek bu safar ham tarkibda o'ziga yarasha yo'qotishlar bor. Sariq kartochkalari soni 4 taga etgani bois Sanjar Asqaraliev “Buxoro”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Ammo qolgan futbolchilarning barchasi o'yinga tayyor. Bugun yoshlar jamoamiz “Buxoro” o'rinbosarlari bilan kuch sinashadi. Uchrashuv soat 17:00 da boshlanadi. Ana shu o'yindan keyin jamoamizning asosiy tarkibi o'yindan oldingi mashg'ulotini o'tkazadi.


"Neftchi": Muhsin Ubaydullaev "Mashal"ga qarshi o'ynay olmaydi


Farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 20-turini Muborakda "Mashal" klubiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu o'yinda Muhsin Ubaydullaev qatnasha olmaydi. Sababi futbolchi o'tgan turda mavsumdagi o'zining to'rtinchi sariq kartochkasini oldi.

Bugun ushbu jamoalarning yoshlari o'zaro kuch sinashishadi. Bahs 17:00da boshlanadi. Ertaga asosiy tarkiblar o'rtasidagi o'yin soat 18:00da start oladi.


"Navbahor": Tantashev ikkinchi bor jamoamiz ishtirokidagi o'yinda ishlaydi

26 avgust kungi "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvini bosh hakam Ilgiz Tantashev boshqarishidan xabaringiz bor. Ushbu o'yin joriy mavsumda buxorolik referi uchun "lochinlar" ishtirokidagi ikkinchi bellashuv bo'ladi.

Avval Tantashev "Qizilqum" bilan (13- tur) safarda o'tkazilgan o'yinda hakamlik qilgan. O'shanda navoiyliklar 3:2 hisobida ustun kelishgan. Etibrlisi,  oliy liga joriy mavsumida "Bunyodkor" qatnashgan uchrashuvlarda Ilgiz Tantashev ishlamagan. U mamlakat chempionati amaldagi mavsumida jami sakkiz o'yinni boshqargan. Bosh hakam futbolchilarga jami 32 bor (har bir o'yinda o'rtacha to'rttadan) sariq kartochka ko'rsatgan, ikki bor cho'ntagidan qizil kartochka olgan. Tantashev boshqargan bellashuvlarida 5 bor penalti belgilagan.

11 metrli jarima zarbasini ko'rsatish bo'yicha u hamkasblari orasida Vadim Agishev bilan peshqadamlik qilib kelmoqda. Hakamning har bir o'yinda o'rtacha olgan baxosi 7,65 ballga teng. Bu borada Tantashev eng oxirgi o'rinda turibdi.


"Qo'qon-1912": "Olmaliq" bilan o'yin soat 17:00da boshlanadi

Ertaga oliy liganing 20-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Olmaliq" o'yini bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da "Markaziy" stadionida boshlanadi.

Bugun soat 16:00da ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Qo'qon-1912" ayni paytda 17 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика