So’nggi yangiliklar

17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  0 17:10CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  6 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  3 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  3 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9

"Vodiy futboli": Bugun to'rtta klub ham 14-turni o'tkazadi Yangiliklar

"Vodiy futboli": Bugun to'rtta klub ham 14-turni o'tkazadi

Bugun oliy ligadagi vodiy klublari 14-turdan o'rin olgan o'yinlarda ishtirok etishadi.
"Qo'qon-1912": Baklanov bilan Otaqo'ziev Jizzaxga bormadi

Qo'qonliklarni bugun safarda muhim o'yin kutib turubdi. Aksiga olib tarkibda yo'qotishlar mavjud. Xususan Andrey Baklanov oilaviy muammolari sababli Jizzaxga bormadi. Hujumchi Nosir Otaqo'ziev esa o'tgan uchrashuvda jarohatga yo'liqdi. Tabiiyki bu bosh murabbiy Rustam Abdullaev oldida bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

“So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” o'yini bugun soat 19:00da Jizzaxdagi yangi stadionda boshlanadi.


“Neftchi”: “Buxoro” Farg'onada umuman ochko olmagan

Farg'onaning “Neftchi” klubi o'z maydonida “Buxoro” klubini qabul qiladi.
 
Murod Ismoilov boshchiligidagi jamoa oliy ligada bu mavsum umuman g'alaba qozona olmagan “Buxoro” bilan kuch sinashadi.

“Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ushbu raqibga umuman imkoniyat qoldirmagan. Vodiyda tashkil etilgan 22ta bahsning barchasida mezbonlar uch ochkoga ega chiqishgan.

“Neftchi” – “Buxoro” o'yini bugun soat 19:00da “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi.


“Andijon”: Samarqandda oxirgi marta 1993 yil g'olib bo'lganmiz


Bugun “Andijon” klubi Samarqandda “Dinamo” klubi mehmoni bo'ladi. “Burgutlar” 11 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. “Dinamo” esa 8 ochko bilan 14-o'rinda.

“Dinamo” “Andijon” bilan o'z uyida o'tgan 19ta o'yinning 13tasida g'olib bo'lgan. 5ta uchrashuvda durang qayd etilgan. “Andijon” o'z tarixida bir bor (1993 yil) Samraqanddan uch ochko bilan qaytgan. SHundan keyin bo'lib o'tgan 17ta o'yinda “Dinamo” o'z maydonida bu raqibga umuman mag'lub bo'lmagan.

“Dinamo” – “Andijon” o'yini bugun soat 18:30da “Dinamo” stadionida bo'lib o'tadi.


“Navbahor”: Uydagi mag'lubiyatsiz seriya davom etadimi?


Namanganning “Navbahor” klubi bugun o'z maydonida “SHo'rtan” klubini qabul qiladi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “lochinlar” bu mavsum Namanganda o'tgan oxirgi 6ta o'yinda umuman mag'lub bo'lishmadi. Bugun ham mag'lubiyatsiz seriya davom etadimi? Buni o'yindan so'ng bilib olamiz.

O'tgan yillarda ushbu jamoalar o'rtasida vodiyda bo'lib o'tgan o'yinlarda mezbonlar 5 bor g'alaba qozonishgan. 3 bora tomonlar durang qayd etishgan. Bitta bahsda esa “SHo'rtan” safarda uch ochko qo'lga kiritgan.

“Navbahor” – “SHo'rtan” o'yini bugun soat 18:00da Namangandagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика