Vlaxovichning "Yuventus"ga o'tishi yaqin soatlarda amalga oshishi mumkin
25 jan 2022 17:06
Yangiliklar
Vlaxovichning "Yuventus"ga o'tishi yaqin soatlarda amalga oshishi mumkin
Hujumchi Dushan Vlaxovich "Fiorentina"dan "Yuventus"ga o'tishga yaqin.
Bitim yaqin soatlarda amalga oshishi mumkin. Bugun "Fiorentina" va "Yuventus" o'rtasida bu borada muzokaralar bo'lib o'tdi.
Xabarlarga ko'ra, Turin klubi 21 yoshli forvard uchun 60 mln evro taklif qildi. "Yuve" Vlaxovich bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi va uning maoshi yiliga 7 mln evroni tashkil etadi.
Serbiyalik hujumchi joriy mavsum "Fiorentina" libosida barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar