Vlaxovich "Napoli"ga qarshi o'ynamaydi
30 dek 2022 20:08
Yangiliklar
Vlaxovich "Napoli"ga qarshi o'ynamaydi
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich jarohatidan keyin tiklanishni davom ettirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, serbiyalik hujumchi "keksa sinora"ning 13 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Napoli"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi. Bu turinliklarning 2023 yildagi uchinchi o'yiniga to'g'ri keladi.
Qayd etilishicha, Serbiya terma jamoasining ikkita o'yinida jami 79 daqiqa harakat qilgan Dushan Vlaxovich Jahon chempionatidan qaytgach, hali “Yuventus” bilan mashg'ulot o'tkazmagan. Yaqin kunlarda forvard mashg'ulotlarni davom ettirmaydi, uning safga qaytish sanasi nomalumligicha qolmoqda.
22 yoshli hujumchi hozirgacha “Yuventus” safida 36 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar