So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  18 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Vladislav Pavlenko: Yaxshi o'ynadik, ammo gol ura olmadik Yangiliklar

Vladislav Pavlenko: Yaxshi o'ynadik, ammo gol ura olmadik

CHempionat boshlanishiga oz vaqt qolganida Navbahor tarkibiga qabul qilingan ukrainalik yarim himoyachi Vladislav Pavlenko sekin-asta namanganliklar o'yiniga moslashib bormoqda.

Maydon markazida to'p surayotgan legionerning dastlabki uchrashuvlardagi harakatlari ko'pchilik muxlislarga manzur bo'lmoqda. So'g'diyonaga qarshi o'yinda Pavlenko gol urish uchun jamoadoshlariga bir nechta imkoniyat yaratib berdi. SHunday bo'lsada, mezbonlar jizzaxliklar darvozasiga yo'l topa olishmadi. Uchrashuv yakuniga etgach, futbolchining o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik:

- Bugun yaxshi o'yin namoyish etdik. Lekin, nima sababdan gol ura olmaganimizni tushunmayapman. Omadimiz chopmadi deb o'ylayman. Guvohi bo'lganingizdek, yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Hisobni ochish uchun raqib darvozasi oldidan ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Lekin, vaziyatlarni golga aylantira olmaganligimiz sababli bugungi uchrashuvda qimmatli ochkolarni boy berdik. G'alaba qozona olmaganligimizga balki ishonch etishmagandir. Axir qanday imkoniyatlardan foydalanmadik. Nima sababdan omadimiz yurishmayotganligini tushuna olmayapman. O'yin boshlarida vaziyatlarni golga aylantirganimizda, yirik hisobda ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi, - deydi Pavlenko.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика