So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Vladimir Salkov: "Raximich, Karyaka va Vyazminkin O'zbekiston terma jamoasida o'ynashi mumkin edi" Yangiliklar

Vladimir Salkov: "Raximich, Karyaka va Vyazminkin O'zbekiston terma jamoasida o'ynashi mumkin edi"

2001 yil O'zbekiston terma jamoasini boshqargan rossiyalik murabbiy Vladimir Salkov "Sport Ekspress" gazetasiga o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

- "Lokomotiv"dan Vladimir Maminov va Oleg Pashininni O'zbekiston terma jamoasiga jalb qilgandim. Klub murabbiyi Yuriy Syomin menga hech qanday qarshiliklarsiz ularni qo'yib yuborgandi. O'zbekistonda ularni ajoyib tarzda kutib olishgandi. Birinchi bahsda Xitoy Taypei 7:0 hisobida taslim qilingandi. Maminov akrobatik tarzda qoyilmaqom gol urgandi. SHundan so'ng u muxlislar yoqimtoyiga aylanib olgandi. Maminov, Pashinin va Poyakov nafaqat professional, balki ajoyib insonlar. Ular klubda asosiy emasdilar. Biroq terma jamoada etakchiga aylanishgach klubdagi ishlari ham yurishib ketdi.

- O'sha paytda Bosniya termasida o'ynashga ulgurmagan Elvir Raximichga O'zbekiston terma jamoasida o'ynash bo'yicha taklif bilan chiqqandim. Biroq CSKAda asosiy futbolchiga aylanishni istayotganini shu bois taklifni rad qilgandi. Andrey Karyaka bilan uch marta bu masalada suhbatlashgandim. Biroq u Ukraina terma jamoasidan taklif kutayotgandi. Vladimir Kazakov, Dmitriy Vyazminkin va Vitaliy Safronov bilan kelishib olgandim. Rossiya terma jamoasiga ularni chaqirishmasdi. O'zbekistonga ularning foydasi tekkan bo'lardi. Biroq klub murabbiylarni ularni qo'yib yuborishni istashmagandi. O'shanda Rossiya chempionati taqvimi va Osiyodagi saralash taqvimi bir biriga mos kelmagani bizga pand bergandi. Yakunda O'zbekiston JCH-2002ga chiqa olmagan va men istefoga chiqqandim, - deydi Salkov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика