So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  37 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

Vladimir Bubanya: “Muvaffaqiyat yo'lida barcha xizmat qilishga tayyor” Yangiliklar

Vladimir Bubanya: “Muvaffaqiyat yo'lida barcha xizmat qilishga tayyor”

Barcha jamoalar qatori, Termizning “Surxon” klubi ham boshlanajak mavsumga jiddiy ravishda hozirlikni davom ettirmoqda.

Tarkibga bir qator yangi futbolchilarni taklif qilish barobarida, jamoa o'zagini ham saqlab qolishga erishildi. Yani, o'tgan mavsumda katta hajmdagi ishni bajargan SHovkat Salomov, Darko Stanoevich, Abduqaxxor Xojiakbarovlar bilan kelishuv uzaytirildi. SHuningdek, Vladimir Bubanya ham klub bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Biz yaqinda serbiyalik futbolchini suhbatga chorlab, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Vladimir, deyarli uch yildan beri o'zbek klublarida to'p tepib kelyapsiz. SHu vaqt mobaynida sovrin yutdingiz. O'z muxlislaringizga ega bo'ldingiz. Ushbu mavsum yana “Surxon”da qolishingiz mahalliy ishqibozlarni quvontirishi turgan gap...

- Ha. To'g'ri aytdingiz. Bu yil men uchun uchinchi mavsum hisoblanadi. O'zbekistondagi birinchi klubim AGMK bilan mamlakat kubogida g'olib chiqdim. SHunchaki ajoyib o'tdi. Hozir yaxshi va yuqori maqsadlarni ko'zlagan jamoa safidaman. Yana sovrin yutish niyatim bor.


- AGMKga qanday kelib qolgansiz? Agentlar orqalimi yoki murabbiy sababmi?

- Meni Viktor Kumikov taklif qilgandi. Uning ishini Baxtiyor Ashurmatov ajoyib tarzda davom ettirdi. Ichki muhitda muammo bo'lmagan. Ahil va inoq jamoa shakllangandi. Kubokda g'olib chiqishimizni hech kim kutmagandi.

- “Surxon” bilan sovringa ega chiqib, annani davom ettirishingizga nima to'sqinlik qildi?

- O'ylashimcha omad etishmadi. Garchi, uzoq muddatdan keyin elitaga qaytgan bo'lsakda, tepa o'rinlarni mo'ljallagan edik. Lekin, ayrim o'yinlarda omad chinakamiga yuz o'girdi.


- Ko'ryapmizki, jamoa tarkibini keskin tarzda kuchaytirishga erishmoqda. Bunday sharoitda faqat yuqori pog'onalarni egallash vazifasi qo'yilishi tabiiy...

- Birinchi galda chiroyli va muxlislar bop futbol ko'rsatish. Qolgan jamoalarga munosib qarshilik va raqobat tug'dirishni istaymiz. Oldimizda aniq vazifa bor, uchinchi o'rinni egallash.

- To'g'ri, tarkib kuchaytirildi. Ko'p futbolchilar keldi. Biroq, o'zaro tushunib olish uchun bir necha turni qurbon qilishga to'g'ri keladi...

- Bizda barcha professional. Futbolchilar tajribali, salohiyati yuqori. Bizda bu borada muammo bo'lmaydi degan umiddaman. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.


- Jamoadagi yosh futbolchilar raqobatlashishga tayyormi? Tajribasi katta bo'lgan o'yinchilar ularga yo'l-yo'riq ko'rsatib turasizlarmi?

- Albatta. Masalan, Sanjar Ahmedov, Husniddin G'ofurov, Azamat Ahmedov kabi yoshlar ko'p. Asta-sekin tajriba to'plab borishmoqda. Muvaffaqiyat yo'lida barcha xizmat qilishga tayyor.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика