So’nggi yangiliklar

17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   2 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  1 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  5 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1

Vitaliy Levchenko: "Yigitlarning tonusdan chiqib qolgani sezildi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Yigitlarning tonusdan chiqib qolgani sezildi"

Coca Cola Superliganing 20-turida "Buxoro" mag'lub etilganidan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yin startida ishlar unchalik o'xshamadi. CHunki bir oy bo'ldi-ki, rasmiy o'yinlarda ishtirok etmadik. SHuningdek, bir qancha yigitlarda hayajon ham sezildi. O'yin boshida kimlardadir vahima sezildi, keyin barcha o'zini tiklab oldi va nazorat qilishni boshladi. Xursandman, bugun nafaqat gollar urdik, balki, yaxshi o'yin ham namoyish qildik. 

- O'yinlar orasidagi vaqtning kattaligi bugungi o'yinda qanchalik sezildi?

- Aytganimdek, tasiri katta bo'ldi. O'yin boshida keraksiz joylarda to'p yo'qotdik. Yigitlar tonusdan chiqib qolgani sezildi. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular o'zlarini ham nazoratga olib, to'p bilan bo'lib, yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Albatta, bu holat ham o'z so'zini aytdi. O'yin yarmiga kelganda biz birdam kollektiv sifatida ko'rina boshladik, bosimni oshirdik va raqib himoyasini yorib o'tib, natijaga erishdik. 

- Gruziyalik Nikabadzening o'yini haqida.

- Ular kerakli ko'rsatmalarni, o'zlarining funkciyalarini bajarishmoqda. Ular gol urishlari, muhim paslarni berishlari kerak. U bugun ushbu vazifasini qoyilmaqom tarzda bajardi. Giorgidan mamnunman, bugun ikkita gol urdi. Uchinchisini esa hisoblashmadi. Sababini bilmayman, epizodni ko'rmadim. Uni O'zbekiston chempionatidagi pochin bilan tabrikladim. Endi u navbatdagi uchrashuvini yanada ishonchliroq tarzda o'tkazadi.

- Keyingi o'yin asosiy raqobatchiga qarshi safarda o'tkaziladi. Bu haqda nima deysiz?

- "Nasaf" - katta maqsadli jamoa. Ularning o'yinlari yaxshi. Bo'lajak uchrashuv barcha uchun og'ir o'tadi. "Nasaf"ni taxlil qilib chiqamiz, ular qay tariqa o'yin qurishadi, qanday qilib keskin hujumlar uyushtiradi. Qarshidan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz. 

- Bugungi g'alabani kimga bag'ishlagan bo'lardingiz?

- Barcha g'alabalarni muxlislar uchun bag'ishlaymiz. Ular tribunani to'ldirib, bizni ajoyib tarzda qo'llab turishibdi. Ularga minnatdorlik bildiraman.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика