So’nggi yangiliklar

23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:26Италия Суперкубоги. "Наполи" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  2 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  0 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  0 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  4 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:46Туркия кубоги. "Галатасарой" - "Истанбул Башакшеҳир" учрашуви асосий таркиблари маълум!  15 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  9 19:56Феллайни Бельгия жамоаси мураббийлар штабига қўшилди  0 19:29Ҳали январь келмади, аммо "Вильярреал" илк трансферини амалга ошириб бўлди  1 19:06Гвардиола мавсум сўнгида "Манчестер Сити"дан кетади. Жамоанинг кейинги мураббийи ким бўлади?  12

Vitaliy Levchenko: "Tarkibimizda yo'qotishlar ko'p. Kim sog'lom holatda bo'lsa, o'sha o'ynayapti" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Tarkibimizda yo'qotishlar ko'p. Kim sog'lom holatda bo'lsa, o'sha o'ynayapti"

Superliganing 9-turida "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- Menimcha, o'yin barcha uchun qiyin o'tdi. Chunki ikkala jamoa ham vodiydan, shu sababli barcha 100 foiz kuchi bilan maydonga tushdi. O'yin boshidan oxirigacha barcha - futbolchilar, murabbiylar shtabidan tortib, muxlislargacha bosim ostida bo'lib turdi. shunday qiyin o'yinda 3 ochko olganimizdan xursandman.

- O'tgan o'yinlarga qaraganda bu safar ko'proq rotaciya kuzatildi.

- Tarkibimizda kasal bo'lib qolgan futbolchilar bor. Shuningdek, ayrim futbolchilarimizda shamollash belgilari yo'qolmagan. Shuni hisobga olgan holda jamoa tarkibida kim sog'lom holatda bo'lib tursa, o'sha maydonga tushyapti va jamoaga foyda keltirishga harakat qilyapti. Agarda barcha futbolchilar safga qaytadigan bo'lsa, rotaciyani sifatga qarab emas, kattaroq masshtabda amalga oshirishimiz mumkin.

- So'nggi paytlarda Toma Tabatadzega sermahsullik etishmayapti. Uning gollar ura olmayotgani haqida nima deya olasiz?

- Uning mushaklarida jarohati bor edi. U yaqindagina mashg'ulotlarga qo'shildi va to'laqonli shug'ullanishni boshladi. Unga o'zining yuqori holatiga kelib olishi uchun vaqt beryapmiz. Toma tezroq o'ziga kelib olishini istayman. O'yinda unda vaziyatlar bo'lyapti, barcha buni ko'rib turibdi. Bulardan foydalanish va ikki taym o'ynashga harakat qilish kerak. U jamoada raqobat kattaligini yaxshi biladi, shu sababli u keyingi o'yinga 100 foiz tayyor bo'lishiga harakat qilamiz.

- "Andijon"ning hozirgi holati unchalik yaxshi emas. Raqibga qanday baho bera olasiz?

- Tarkib yomon emas, sifatli futbolchilar ko'p. Mavsum oldidan klub yaxshi ishlarni olib bordi deb o'ylayman. Bizda ham ularda ham jamoa deyarli yangi va maydonda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatib, barchani quvnatishimiz uchun ikkimizga ham vaqt kerak. Sovugan miyaga barchasini taxlil qilib chiqish kerak. Jamoada o'yin bor. Shunchaki kichik detallarni yaxshilab olish kerak. "Andijon"ga navbatdagi o'yinlarda omad va ushbu mavsum oldidan qo'yilgan maqsadlarini bajarishda muvaffaqiyat tilab qolaman. 

- G'alabani kimga bag'ishlaysiz?

- Barcha muxlislar ushbu g'alabani istashgandi. Shu sababli ilk navbatda bu g'alaba ularniki. Ikkinchidan esa maydonga tushib, muxlislar uchun o'ynagan futbolchilar ruhiy rohat olishlari kerak. Bugun futbolchilar ham, murabbiylar ham, muxlislar ham rohat olishdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика