So’nggi yangiliklar

19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  2 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  2 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  18 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  8 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  14 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  24

Vitaliy Levchenko: "Oxirgi daqiqalarda koncentraciyani yo'qotyapmiz" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Oxirgi daqiqalarda koncentraciyani yo'qotyapmiz"

Coca Cola Superligasi 9-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

- O'yin yaxshi kechdi. Ikki jamoa ham g'alaba qozonishni istadi, ammo qaerdadir, nimadir etishmadi. SHu sabab ham durang adolatli bo'ldi deya olaman. 

- Ramazon oyidan keyin futbolchilarning sport formasida biroz tushish sezildi. CHunki, jamoa ochko yo'qotyapti, oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuboryapti. Futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha muammolar bormi?

- Biz Ramazon oyida ham ochko yo'qotdik, oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. Hamma gap psixologiyada. Qachonki gol ursangiz, hayolingizda g'alaba haqida o'ylashni boshlab yuborasiz. Muammo aynan shunda. Oxirgi soniyalargacha o'ynash kerak. SHunda umuman muammo bo'lmaydi. Aynan shu ustida ishlash kerak. 

- "Neftchi" katta kuch bilan hujumga bordi va katta kuch bilan himoyalandi. Qarshi hujumlar orqali natijaga erishishni maqsad qilganmidingiz?

- Albatta, raqib o'yinini o'rganib chiqamiz va qaysi yo'llar bilan g'alabaga erishishni analiz qilamiz. Bugun ham bunga harakat qildik, ammo har doim ham bu o'xshayvermaydi. 

- O'tkazib yuborilgan ikki gol ham himoyaning xatosimi?

- Ha, xatolarsiz bo'lmaydi. Xato qilyapmiz, ayniqsa, o'yin oxirida.  Koncentraciyani yo'qotyapmiz. 

- Bu kamchilik ustida ishlanmoqdami?

- Albatta. Ishlayapmiz, ammo hali bu muammodan qutila olmayapmiz. Uchta o'yinda oxirgi daqiqalarda xato qilib, ochko yo'qotyapmiz.

- "Surxon" murabbiyi Sergey Aslanov sizni juda yaxshi taktik murabbiy deb atadi. Siz "Surxon" o'yinida qanday yaxshi yoki yomon jihatlarni ko'rdingiz?

- "Surxon" anchagina yosh jamoa. Tezligi yuqori bo'lgan futbolchilarga ega va shu sabab ham tezkor futbol o'ynaydi. Kuchli pressing qilishga urinadigan jamoa. Umuman olganda, jamoa tezkor futbol ko'rsatadi. Biz bu narsani o'rgandik va "Surxon"ga bo'sh zonalar bermaslikka harakat qildik. Sababi, ular bu imkoniyatdan foydalanib ketishardi.

- Murod Bobojonovda jarohat bormi?

- Yo'q, Bobojonovda jarohat yo'q. Futbolchilarning jismoniy ko'rsatkichlarni tekshiradigan Catapult tizimi bor. Aynan shu tizimdagi ko'rsatkichlarga ko'ra Bobojonov hozircha asosiy tarkibdan joy ololmayapti.

- Lutfullo To'raevning jamoaga tasirini qanday baholaysiz?

- Tajribali futbolchi, jamoa sardori. Har bir o'yinda u ko'proq o'yin amaliyoti olib, o'z formasini tiklashiga umid qilaman. Biroz vaqt kerak bo'ladi. To'raev o'zining eski formasiga qaytishi uchun unga vaqt va o'yin amaliyoti kerak bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика