So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Vitaliy Levchenko "Olimpik"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida: "Bu Superligada tur oldidan bashorat qilib bo'lmasligini bildiradi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko "Olimpik"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida: "Bu Superligada tur oldidan bashorat qilib bo'lmasligini bildiradi"

"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko O'zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Olimpik" (0:1)ga qarshi bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yuqori tezlikda yaxshi o'yin bo'lib o'tdi. Ko'plab kurashlarni ham ko'rdik. Ikkinchi bo'limda to'p nazorati biz tomonimizda edi. SHunday vaziyatlar bo'ladiki, sizda hudud va nazorat bo'ladi, ammo raqib qarshi hujumda xavfli bo'ladi, bugun "Olimpik" shu orqali gol urdi va g'alabaga erishdi. Birinchi navbatda o'yinni yutish uchun o'z vaziyatlaringizdan foydalanishingiz kerak va raqibning tezkor qarshi hujumlariga yo'l qo'ymaslik lozim", — deya so'z boshladi Levchenko.


— Ikkinchi taymda Diyor Turopovni ko'rmadik. Buning sababi bormi?

— Jamoaning tayyorgarligi, o'yin nazorati, mashg'ulot degan narsalar bor. Futbolchi o'z jonini bermasa yoki unga maydonda berilgan qandaydir topshiriqni bajarmasa tabiiyki yigirmatalik ro'yxatga kiritilmaydi.

— Bugun butun Farg'ona Tantashevdan norozi bo'ldi. Bu haqda nima deya olasiz?

— Buni izohlay olmayman. Oldin aytganimdek, bu masalalar bo'yicha boshqa kommitet shug'ullanadi. Bizning vazifamiz esa o'ynash.



— Birinchi bo'limdan so'ng Jasur Jaloliddinovni almashtirdingiz va jamoaviy o'yin juda o'zgardi, bu haqda nima deya olasiz? Ikkinchi savolim, Bilol Toshmirzaev hujumkor yarim himoyachimi yoki hujumchi?

— Bilol universal o'yinchi. Kerak paytda hujumda ham, o'rtada ham o'ynaydi. Bugun ham yaxshi harakat qilgan holda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etdi. Zaxiralarga kelsak, terma jamoa o'yinchilar milliy jamoadan eng yaxshi holatlarida kelishmaydi. Ularga o'zlariga kelishlari va formaga qaytishlari uchun vaqt kerak.

— CHempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf", "Paxtakor", "Navbahor" va mana "Neftchi" ochko yo'qotishdi...

— Bu chempionatda kurash borligini va tur oldidan bashorat qilib bo'lmasligini anglatadi. Jamoalarga ochko kerak, barcha g'alaba qozonishni istaydi va futbol o'ynaydi.




Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика